Markaziy Osiyo davlatlarining Germaniya bilan diplomatik aloqalar oʻrnatilgani 30 yillik yubileyiga bag'ishlangan rasmiy logotip yasash tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
24 Okt, 2021 · Muddat tugagan

Markaziy Osiyo davlatlarining Germaniya bilan diplomatik aloqalar oʻrnatilgani 30 yillik yubileyiga bag'ishlangan rasmiy logotip yasash tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

2022-yilda Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari Germaniya bilan diplomatik aloqalar oʻrnatilganligining 30 yillik yubileyi munosabati bilan ushbu sanaga mos keladigan logotip yasash tanlovi eʼlon qilindi.

Tanlov Germaniyaning Ashxobod, Boku, Bishkek, Yerevan, Dushanbe, Nur-Sulton va Toshkent shaharlaridagi elchixonalari bilan birgalikda oʻtkaziladi. Tanlov oʻtkazilayotgan davlatlar vakillari hamda joylardagi Germaniya elchixonalari vakillaridan tashkil topgan hayʼat aʼzolari eng mos keladigan logotipni tanlab oladilar.

G'olib bo‘lgan logotip yubiley doirasida rasmiy logotip sifatida qoʻllaniladi va tanlov gʻolibi iPad bilan taqdirlanadi.

Hujjat topshirish muddati 24-oktabrga qadar davom etadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Yakka tartibda yoki guruh bo'lib ishtirok etish mumkin;  
  • Har bir ishtirokchi faqat bir dona logotipni taqdim qilishi lozim;
  • Ishtirokchi 18 yoshga to'lgan bo'lishi kerak;
  • Armaniston, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston yoki O'zbekistonda rasmiy yashash joyi manziliga ega bo'lgan barcha millat vakillari qatnashishi mumkin;
  • Logotip dizayni raqamli shaklda va yuqori aniqlikda, tegishli ishchi formatlarda (eng kam .jpg 300 dpi, balandligi yoki eni 30 sm bo'lgan .jpg, iloji bo'lsa, alternativ ravishda .ai., .eps, .svg yoki yuqori aniqlikdagi ochiq .psd faylda) yuborilishi lozim. 
  • Taqdim etilgan barcha ishlar faqat va eksklyuziv tarzda tanlov uchun yaratilgan va shuning uchun boshqa mualliflik huquqiga ega emas.
  • Ishtirokchi buyurtmachi bo'lmish Federal Tashqi ishlar vazirligini uchinchi tomonning mualliflik huquqi yoki foydalanish huquqi borasidagi buyurtmachiga nisbatan bo'lgan har qanday da'volaridan ozod qiladi.

Bayroqlar, belgilar yoki milliy ramzlar ishlatilmagan neytral tasvir. Majburiy rang sxemasi (oq rang almashinuvi ham mumkin)

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlov gʻolibi iPad bilan taqdirlanadi;
  • Logotip yubiley doirasida rasmiy logotip sifatida qoʻllaniladi.

Topshirish jarayoni

  • Ariza shakli dizaynning ikki ishchi fayli, ishtirok uchun zarur barcha hujjatlar yuklangan yagona elektron xatga ilova qilingan holda yuborilishi kerak;
  • Ishtirokchilarning barcha elektron xatlari logo.30jahre@gmail.com manziliga yuborilishi lozim.  
  • Rasmli materiallar quyidagi formatda taqdim etilishi lozim: FullName_LogoDesign.jpg va kerak bo'lsa qo'shimcha ravishda .ai, .eps, .svg, .psd.;
  • Barcha arizalar 2021 yil 24-oktabr, yakshanba kuni soat 23:59 (UTC +5) gacha topshirilishi lozim.  

Talablar bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

G'olib logotip 2021 yil 10-noyabrda Federal tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakilining @GERonOstpolitik Twitter kanali, shuningdek elchixonalarning ijtimoiy kanallari orqali e'lon qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun:

Toshkentdagi Germaniya elchixonasi

Sh. Rashidov ko´ch. 15

100017 Toshkent

Tel.: +99878 120 84 26

E-mail: botschaftswettbewerb@gmail.com

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlarining Germaniya bilan diplomatik aloqalar oʻrnatilgani 30 yillik yubileyiga bag'ishlangan rasmiy logotip yasash tanlovi
24 Okt, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.