Tavsif
“Луч света” tashabbusi bilan Markaziy Osiyo va Afgʻonistonda istiqomat qiluvchi ayol-qizlar uchun “Media Akademiyasi” loyihasi tashkil etildi. Ushbu loyihada Markaziy Osiyoning 14 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan barcha ayol-qizlari ishtirok etishlari mumkin.
Kursga qabul qilingan qizlar quyidagi bilim va koʻnikmalarga ega boʻladi:
- Blog yuritish;
- Maqolalar yozish;
- Video tahrirlash;
- Ayol-qizlar huquqlari, gender zoʻravonligi, gender stereotiplari va gender tengligining oldini olish haqida podkastlar yaratish.
Bundan tashqari, kursga qabul qilingan ayol-qizlar Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridan kelgan tajribali mentorlar va ishtirokchilar bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega boʻlishlari mumkin.
Mashgʻulotlar 2022-yil aprel oyining oʻrtalaridan boshlanadi va maygacha davom etadi. Darslarni muvaffaqiyatli yakunlaganlar oʻz loyihasini boshlash uchun mablagʻ olishlari mumkin.