Tavsif
Yevropa Xavfsizlik Tadqiqotlari Markazining (CESS) Yevropa Markaziy Osiyo monitoringi (EUCAM) tashabbusi fuqarolik jamiyati stipendiyalari dasturiga ariza berishga taklif qiladi.
2023-yil 6-martdan 26-maygacha Groningendagi CESS ofisida yetuk mutaxassislar bilan ishlash imkoniyati beriladi. Bunda nomzodlar siyosiy bilimlarini oshiribgina qolmay, notiqlik mahorati va yozish malakasini kuchaytirish, doimiy brifinglarda qatnashish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Amaliyot formati: oflayn, Groigenda (Niderlandiya).
Amaliyot ishchi tili: ingliz tili.
Amaliyot uchun ajratilgan grant: 3 ta
Amaliyotda qatnasha oluvchilar: 25-35 yoshdagi Markaziy Osiyo fuqarolari
Dastur haqida to'liq ma'lumotni bu yerda o'qish mumkin. Shuningdek, dastur haqida tayyorlangan ushbu videoni ham tomosha qilish mumkin.