Markaziy Osiyo hamda Armaniston davlatlaridagi ingliz tili oʻqituvchilari uchun“Cambridge English Teacher” xalqaro tanlovi

Markaziy Osiyo hamda Armaniston davlatlaridagi ingliz tili oʻqituvchilari uchun“Cambridge English Teacher” xalqaro tanlovi

  • 07/11/2022 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Buyuk Britaniya Davlat
  • 27/11/2022 23:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    18 yoshdan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

“Cambridge English teacher” tanlovi Cambridge University Press and Assessment tashkiloti tomonidan tashkil qilingan boʻlib, dasturning asosiy maqsadi oʻqituvchilarni ilgʻor oʻqitish usullari boʻyicha kasbiy malakasini oshirish va til boʻyicha yuqori bilimga ega boʻlgan oʻqituvchilar faoliyatini qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Dastur masofadan turib Cambridge test TKT (Teaching Knowledge Test, modules 1,2,3) formatida oʻtkaziladi.

Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi:

1-bosqichda ishtirokchilar onlayn platforma orqali Kembrij testi TKT (Teaching Knowledge Test) 1,2,3 modullari formatidagi savollar toʻplamini oladi va javoblarini onlayn tarzda taqdim etadi.

Tanlov ishtirokchilari 60 ta savoldan iborat testni toʻldirishlari kerak va testni topshirish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi. Vaqt tugagach, javoblar avtomatik ravishda yuboriladi.
15 nafar gʻolibni tanlash toʻplangan ball va vaqt chegarasiga asoslanadi. Musobaqa oxirida ishtirokchilar oʻz natijalarini koʻrishlari mumkin.

2-bosqich final bosqichi boʻlib, eng yaxshi natijalarga erishgan 15 nafar finalistlar Kembrij rasmiy imtihonchilari tomonidan C1 Advanced Cambridge imtihonining formati va mezonlaridan foydalangan holda onlayn ogʻzaki suhbatda ishtirok etadilar.

Final bosqichida 15 nafar finalchilar orasidan 3 nafar birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrin gʻoliblari aniqlanadi.

Dasturda ishtirok etgan oʻqituvchilarning barchasi Kembrij tomonidan turli sovgʻalarga va gʻoliblar esa bepul onlayn trening kurslarga ega boʻlishadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston hamda Armaniston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin;
  • Nomzodlar 18 yoshdan yuqori boʻlishi va ona tilisi ingliz tili boʻlmasligi lozim;
  • Ishtirokchilar kamida B1 darajaga ega boʻlishlari kerak (CEFR).

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Tanlov gʻolibiga Kembrij tomonidan o'tkaziladigan har qanday imtihonni bepul topshirish imkoniyati beriladi;
  • 2 ta ikkinchi oʻrin sohibiga 20 soatlik Kembrij tayyorlov onlayn kurslari hamda Kembrij kitoblari taqdim etiladi;
  • Finalgacha kelgan barchaga Kembrij onlayn kurslaridan 12 ta sovgʻa;
  • Har bir ishtirokchiga qatnashganlik haqida sertifikat beriladi.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturda ishtirok etish uchun har bir qatnashchi ushbu havola orqali berilgan saytda roʻyxatdan oʻtishi lozim. Natijalarni muammosiz aniqlash uchun, roʻyxatdan oʻtish davomida barcha soʻralgan savollarni toʻgʻri toʻldirish kerak.

Agar bitta ishtirokchi tizimga kirgan va testdan bir necha marta oʻtgan boʻlsa, natijalarni umumlashtirishda eng past natija hisobga olinadi.

Tanlov tashkilotchilari texnik muammolarga javobgarlik qilmaydi. Texnik muammolar boʻyicha batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Dasturga ariza topshirishib, 1-raunddan o'tishning soʻnggi muddati: 2022-yil 27-noyabr.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Birinchi bosqichda saralangan nomzodlar roʻyxati 5-9-dekabr kunlari eʼlon qilinadi.

Dasturning final bosqichi 10-13-dekabr kunlari onlayn formatda olib boriladi.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: info@cambridgeenglish.org.ru Platformaning ishlashi boʻyicha texnik savollarni Yelizaveta Sorbale sorbale@startexam.ru manzilida qoldirish mumkin.

Buyuk Britaniya
Markaziy Osiyo hamda Armaniston davlatlaridagi ingliz tili oʻqituvchilari uchun“Cambridge English Teacher” xalqaro tanlovi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar