Markaziy Osiyo Yosh Liderlar Akademiyasi (CAYLA) Qozog'iston, Turkmaniston va O'zbekistonlik 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan ijtimoiy faol yoshlarni ushbu dasturga qabul qiladi. Dasturdan asosiy maqsad - o'zlari yashayotgan qishloq, tuman, shaharlarning ijtimoiy hayotini yaxshilash va rivojlanishiga hissa qo'shishni istagan yosh mutaxassislar, tadbirkorlar va tashabbuskor yoshlarni bir joyga jamlash.
CAYLA orqali Markaziy Osiyo yoshlari mintaqadagi boshqa yoshlar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatadilar, ularni qanday o'zgarishlarni amalga oshirayotganliklarini ko'rish uchun chet elga sayohat qiladilar, muhim masalalar bo'yicha o'zaro fikr almashadilar, jamoatchilikni jalb qilish va yetakchilik borasida asosiy ko'nikmalarini o'rganadilar. Dastur qatnashchilari keyinchalik loyihadan olgan tajribalarini o'z jamiyatlarida faol qo'llashlari mumkin, bunday loyihalarga kichik grantlar va stipendiyalar ajratiladi.
Ushbu loyiga yoshlarga o'zaro bir-birlaridan o'rganish, netvorking, yetakchilik ko'nikmalarini rivojlantirishni, shuningdek, o’z jamiyatlarini rivojlantirishlariga ijobiy yordam ko'rsatishni qo'llab-quvvatlaydi. CAYLA Markaziy Osiyo bo'ylab 2020-2024-yillar mobaynida eng kamida 450 ta yosh rahbarlar va jamoat faollari uchun tarmoq bo'lib xizmat qiladi. Ushbu tarmoq yosh yetakchilar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va mahalliy hokimiyat idoralari vakillarini o'zaro rivojlanish yo'lidagi maqsadlari, qadriyatlari bilan bo'lishishga va hamkorlik qilishlariga ko'maklashadi. Dastur onlayn yoki oflayn tarzda o’tkaziladi.
CAYLA finalistlari quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lishadi:
Qo’shimcha savollar bo’yicha quyidagi emailga murojaat qilishingiz mumkin: CAYLAapply@eurasia.org
CAYLA dasturining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: