Markaziy Osiyo yosh yetakchilari uchun Qirgʻizistonda boʻlib oʻtadigan Youth Green Camp dasturida qatnashish imkoniyati. Ichki transport va turar-joy xarajatlari moliyalashtiriladi.
Qirgʻiziston Qirgʻiziston
23 Noy, 2021 · Muddat tugagan

Markaziy Osiyo yosh yetakchilari uchun Qirgʻizistonda boʻlib oʻtadigan Youth Green Camp dasturida qatnashish imkoniyati. Ichki transport va turar-joy xarajatlari moliyalashtiriladi.

Yozgi maktab Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

“Youth Green Camp” Qirg'izistonning Norin shahrida bo'lib o'tuvchi ikki kunlik oromgoh boʻlib, yoshlar oʻrtasida Markaziy Osiyo va Afgʻonistondagi atrof-muhit va ekologik muammolardan xabardorlikni oshirish va ularga yechim topishni maqsad qilgan.

Markaziy Osiyo va Afgʻonistonning barcha mamlakatlaridan oʻrta maktab va universitet talabalari Markaziy Osiyo va Afgʻonistondagi yetakchi mutaxassislardan saboq olish, mintaqaviy ekologik va atrof-muhit muammolarni muhokama qilish imkoniga ega boʻladilar.

Bundan tashqari, “Youth Green Camp” ishtirokchilari “Markaziy Osiyo va Afgʻonistondagi atrof-muhit va ekologik muammolar” mavzusida oʻz yechimlarini taqdim etish va ularni amalga oshirish uchun mikrograntlar yutib olish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda quyidagi talabga javob beruvchi qatnashuvchilar ishtirok eta oladi:

  • Markaziy Osiyo va Afg'onistonning atrof-muhit va ekologiya mavzusiga qiziquvchi yuqori sinf hamda kollej/litsey o'quvchilari yoki universitet talabalari;
  • Barcha nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishlari lozim (sertifikat talab qilinmaydi)

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Qatnashchilar Qirgʻizistonda boʻlib oʻtadigan 2 kunlik oromgohda bepul ishtirok etadilar;
  • Ichki transport va turar-joy bilan taʼminlanadilar;
  • Markaziy Osiyo va Afgʻonistonning atrof-muhit masalalariga oid muammolarga kuchli mutaxassislar bilan birga yechim topadilar;
  • Muammolarga eng yaxshi yechim taklif qilgan loyiha mualliflari uchun maxsus grantlar beriladi.

Eslatma: Qirg'izistonga borish kelish xarajatlari ishtirokchilar o'zlari tomonidan qoplanishi kerak

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar ushbu ariza shaklini toʻldirishlari lozim.

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur 27-28-noyabr kunlari Qirgʻizistonning Norin shahrida boʻlib oʻtadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Qirgʻiziston Markaziy Osiyo yosh yetakchilari uchun Qirgʻizistonda boʻlib oʻtadigan Youth Green Camp dasturida qatnashish imkoniyati. Ichki transport va turar-joy xarajatlari moliyalashtiriladi.
23 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.