Tavsif
C5+1 Yoshlar konsulligi Markaziy Osiyo va Afgʻonistondan boʻlgan lider talabalarga oʻzlarining hududlaridagi muammolarini yechish hamda tashabbuslari va gʻoyalarini amalga oshirishda yordam beradi. C5+1 bu liderlik qobiliyatini oshirish, qaror qabul qilish, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda tabiat muammolarini hal qilishga yordam berishni maqsad qilgan yoshlar jamiyati hisoblanadi. Dasturda belgilangan davlatlardan boʻlgan lider talabalar ishtirok etishlari mumkin. Ular Markaziy Osiyoda yoki oʻz davlatlarida dolzarb boʻlgan masala hamda unga boʻlgan yechimlarini taqdim etishlari kerak boʻladi. Gʻolib deb topilgan talabalarga esa oʻzlari taqdim etgan muammolarni yechish va loyihalarini amalga oshirish uchun grant ajratiladi.
Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridan boʻlgan talabalar roʻyxatdan oʻtishlari va dasturda ishtirok etishlari mumkin. Roʻyxatga olish jarayoni 2022-yil 6-noyabrgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.