Ijtimoiy-ekologiya jamgʻarmasi yoshlar orasida ekologik harakatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida yosh yetakchilarga sayohat grantlarini taklif etadi.
Sayohat grantlari dasturining maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida yosh faollarni qoʻllab-quvvatlash. Shuningdek, dastur tajriba va bilim almashish hamda yosh yetakchilarning tashkilotlarni tashkil etish orqali oʻz faoliyatini institutsionallashtirishga yordamlashadi.
Grant dasturi koʻmagida faqat Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikiston hududida sayohat qilish mumkin.
Safarlar 2022-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha rejalashtirilgan.
Sayohat granti Markaziy Osiyodagi tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatini beradi. Sayohat grantlari quyidagi sohalardagi tadbirlarda (treninglar, konferensiyalar, seminarlar va boshqalar) ishtirok etishni qoʻllab-quvvatlaydi:
Bir nomzod uchun grant miqdori $500 dan oshmasligi lozim.
Sayohat xarajatlari qoplanadi.
Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Eslatma: Barcha toʻlovlar masofadan turib amalga oshiriladi. Grant sohibining qoʻliga to'g'ridan to'g'ri berilmaydi.
Dastur imtiyozli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Qabul qilingan barcha arizalar roʻyxatga olinadi va sayohat grantlari boʻyicha ekspert komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Murojaatlar tadbir maqsadlariga muvofiqligi, talabnoma beruvchining kutilayotgan hissasi (stajirovkada, tadbirda qatnashishdan keyin rejalashtirilgan tadbirlar) va boshqalar kabi mezonlar asosida baholanadi.
Jamgʻarma (agar kerak boʻlsa) ariza beruvchidan ushbu tanlovda ishtirok etish bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrash huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Jamgʻarma rad etilgan arizalar boʻyicha tushuntirish bermaydi.
Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun:
Dastur koordinatori Alena Rickleton alenakv@gmail.com e-mail manziliga yozish yoki +7 (702) 17 24 024 raqamiga qoʻngʻiroq qilish mumkin.