Markaziy osiyolik tadqiqotchilar uchun Qozogʻistonning Almati shahrida bo'lib o'tuvchi yosh analitiklar to'rtinchi maktabi. Barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi
Qozog‘iston Qozog‘iston
03 Okt, 2021 · Muddat tugagan

Markaziy osiyolik tadqiqotchilar uchun Qozogʻistonning Almati shahrida bo'lib o'tuvchi yosh analitiklar to'rtinchi maktabi. Barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi

Tadqiqot To'liq moliyalash

Tavsif

IWPR CA (Markaziy Osiyodagi urush va tinchlik haqida xabar qilish instituti) ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistondan kelgan yosh tadqiqotchilar uchun CABAR.asia toʻrtinchi tahlil maktabida qatnashish uchun arizalarni qabul qilish boshlanganini eʼlon qiladi.

Maktabning maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlarining dolzarb mavzulari va muammolari boʻyicha tahliliy maqolalar yozish koʻnikmalarini oshirish boʻlib, bu galgi umumiy mavzu sifatida axborot urushi tanlangan. Dasturda qatnashish davomida ishtirokchilar analitik maqolalarni qanday yozish kerak? Maʼlumotni vizualizatsiya qilish uchun qanday vositalardan foydalanish kerak? Sunʼiy intellekt tahlilda qanday ishlatiladi? Maʼlumotni qayta ishlash va tahlil qilish uchun qanday vositalar mavjud? Analitik maqolalarni targʻib qilishning samarali strategiyalari qanday? kabi savollarga javob topish imkonini qoʻlga kiritadilar.

Nazariy qismdan tashqari, siyosatshunoslik, davlat boshqaruvi, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot va ommaviy axborot vositalari sohasidagi amaliyotchilar bilan tematik uchrashuvlar oʻtkaziladi. Murabbiy sifatida Yevropa, MDH va Markaziy Osiyoning taniqli jurnalistlari va siyosiy ekspertlari taklif etiladi.

Dastur 15-20-noyabrda Qozogʻistonning Olmota shahrida boʻlib oʻtadi. 

Dasturning rasmiy ish tili — rus tili. Dastur bilan bogʻliq barcha xarajatlar IWPR CA tomonidan qoplanadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Maqbullik shartlari:

  • 21-40 yosh oraligʻidagi Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi boʻlish;
  • Ijtimoiy fanlar (siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar, iqtisod, jurnalistika) yoki boshqa tegishli sohalarda bakalavr va / yoki magistr darajasiga ega boʻlish;
  • Davlat, xalqaro, notijorat tashkilotlar yoki ommaviy axborot vositalarida ish tajribasiga ega boʻlish (tavsiya qilinadi);
  • Markaziy Osiyo bilan bogʻliq mavzular va muammolar boʻyicha tadqiqotlarda ishtirok etib kelayotgan boʻlish;
  • Markaziy Osiyo masalalari yuzasidan analitik tadqiqot oʻtkazganlik (ayniqsa, faoliyatini endi boshlagan tadqiqotchilarga urgʻu beriladi).

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dastur bilan bog'liq barcha xarajatlar qoplanadi;
  • www.cabar.asia saytida hamda hamkor tashkilotlar veb-sahifasida va jurnalda yozilgan maqolalar eʼlon qilinadi;
  • Konferensiya va uchrashuvlarda doimiy  ishtirok etish imkoniyatini taqdim etiladi;
  • Analitik maqolalarni yozish, maʼlumotlarni vizualizatsiya qilishda qanday vositalardan foydalanish, analitika sohasiga sunʼiy intellektni joriy etish, maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish uchun mavjud boʻlgan vositalar bilan tanishish; analitik maqolalarni targʻib qilishda samarali strategik usullar yuzasidan bilimlar oʻzlashtiriladi

Topshirish jarayoni

  • Onlayn ariza.
  • Bir betdan oshmagan rezumye;
  • Motivatsion xat (maksimal hajm: 250 ta soʻz; dasturda qatnashishdan maqsad tasvirlanishi kerak);
  • Analitik maqola yozish uchun oldindan tayyorlangan reja asosidagi 2 ta mavzu (reja bir betdan oshmasligi, dolzarb masalalar va muammolar, maqola tuzilishi, xulosa va tavsiyalarni qamrab olishi kerak);
  • Agar mavjud boʻlsa, nashr etilgan analitik risola (material)lar havolasi.

Qo'shimcha ma'lumot

Saralash II bosqichda amalga oshiriladi. I bosqichda yuqoridagi hujjatlarni oʻz ichiga olgan onlayn ariza topshiriladi. II bosqichda esa nomzodlar intervyuga taklif qilinadilar (zarur deb topilsa, onlayn shaklda ham tashkil etilishi mumkin). Eng munosib deb topilgan hamda dasturga tanlab olingan nomzodlar 20-oktabrga qadar xabardor qilinadilar.

Ishtirokchilar avvaldan eʼlon qilingan mavzu boʻyicha tadqiqot olib borishlari, dastur uchun uning qoralamasini topshirishlari, dastur davomida esa oʻsha mavzu va reja asosida kamida bitta maqolani yakunlab www.cabar.asia saytida eʼlon qilishga ulgurishlari shart.

Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida barcha ishtirokchilardan COVID-19 ga qarshi vaksina olishlari soʻraladi. Ishtirokchilar vaksina olganliklari haqida hujjat yoki PSR test natijasini topshirishlari shart.

Qoʻshimcha maʼlumotlar va savollar uchun:

Telefon: +996 552 322815; +7 988 365 81 68

Elektron pochta: sergey@iwpr.net.

Qo'shimcha veb-sayt: https://youngexperts.cabar.asia/

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Soha

    Ijtimoiy fanlar, Jurnalistika va OAV

  • Dastur tili

    Rus tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 21, Max: 40

  • Jins

    Erkak, Ayol

Qozog‘iston Markaziy osiyolik tadqiqotchilar uchun Qozogʻistonning Almati shahrida bo'lib o'tuvchi yosh analitiklar to'rtinchi maktabi. Barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi
03 Okt, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.