Markaziy Osiyolik yosh mutaxassis va talabalar uchun Qozogʻistonda oʻtkaziladigan 10 kunlik yozgi maktab — Aral Sea Summer School 2023
Qozog‘iston Qozog‘iston
21 Iyl, 2023 · Muddat tugagan

Markaziy Osiyolik yosh mutaxassis va talabalar uchun Qozogʻistonda oʻtkaziladigan 10 kunlik yozgi maktab — Aral Sea Summer School 2023

Yozgi maktab Bepul ishtirok

Tavsif

Central Asia Youth for Water (CAY4W) tarmogʻi Germaniya-Qozogʻiston universiteti, International Secretariat for Water tashkiloti bilan hamkorlikda Markaziy Osiyolik yosh mutaxassis va talabalar uchun 10 kunlik yozgi maktab dasturini taqdim etadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish va resurslarni barqaror boshqarish bilan shugʻullanish istagida boʻlganlar uchun ushbu dastur koʻplab imkoniyatlarni taklif qiladi. 

Suv kelajakda barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash uchun asosiy resurs hisoblanadi va suvdan foydalanish insonning asosiy huquqi sifatida juda muhimdir. Shuning uchun ham ushbu yozgi maktab “no one is left behind” (hech kim ortda qolmaydi) shoiri ostida aynan yoshlarga xizmat koʻrsatish uchun tashkil qilinmoqda. Sababi yoshlarga kelajakka taʼsir koʻrsatuvchi eng kuchli vosita sifatida qaraladi. Ekologik muammolarni hal qilishda yoshlarni ragʻbatlantirish va turli samarali uslublarni kashf etish dasturning asosiy maqsadidir.

Dastur 2023-yil 21-avgustdan 31-avgustgacha davom etadi. 

Yozgi maktab quyidagi uchta yoʻnalishni taklif etadi:

  • Biodiversity: Mintaqaning boy biologik xilma-xilligi, u duch kelayotgan muammolar va tabiatni muhofaza qilish strategiyalari oʻrganiladi;
  • Oral History: Orol dengizi halokatining ijtimoiy va madaniy taʼsiri tarixiy va ilmiy dalillar asosida tushuntiriladi;
  • Integrated Water Resources Management (IWRM): Ishtirokchilar suv, yer va tegishli resurslarni muvofiq ravishda rivojlantirish va boshqarishning ahamiyati haqida bilib olishadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Markaziy Osiyo davlatlaridan (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston va Qozogʻistonda istiqomat qiluvchi Afgʻonistonlik talabalar) boʻlgan yosh mutaxassis va talabalar ishtirok etishi mumkin;
  • Ingliz yoki rus tilini bilish lozim (sertifikat soʻralmaydi);
  • Atrof-muhitni muhofaza qilish va resurslarni barqaror boshqarish bilan shugʻullanish istagida boʻlganlar qatnashishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dastur doirasida tashkil etilgan leksiya va treninglarda qatnashish;
  • Orol dengizi va Koʻk-Orol toʻgʻoniga tashrif buyurish;
  • Orol dengizini tiklashda faol ishtirok etayotgan ekspert va tadqiqotchilar hamda xalqaro tashkilotlar bilan muloqot qilish;
  • Mintaqadagi vaziyatni yaxshilash boʻyicha loyihani ishlab chiqishda ishtirok etish.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Ariza topshirishda quyidagi hujjatlar soʻraladi:

  • CV;
  • Motivatsion xat (maksimal 1000 ta belgi). 

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dastur doirasida 2019-yilning 10-18-avgust kunlari boʻlib oʻtgan yozgi maktab haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin;
  • Oxirgi muddat: 21-iyul, 2023-yil (23:00);
  • Tel: + 7 727 355 05 51;
  • Email: nri@dku.kz;
  • Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Soha

    Atrof-muhit va Geologiya fanlari

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Qozog‘iston Markaziy Osiyolik yosh mutaxassis va talabalar uchun Qozogʻistonda oʻtkaziladigan 10 kunlik yozgi maktab — Aral Sea Summer School 2023
21 Iyl, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.