Tavsif
The Netherlands Education Group tomonidan iqtidorli yoshlar uchun qisqa muddatli amaliyot dasturi tashkil etilgan.
Dastur davomida ishtirokchilar butun dunyodan kelgan xalqaro iqtidorli yoshlardan tarkib topgan jamoada ishlash va yosh mutaxassis sifatida rivojlanish imkoniyatiga ega boʻladilar. Shuningdek, Amsterdamda boʻlib oʻtadigan amaliyot davomida oʻz kasbining mutaxassislari bilan uchrashib ular bilan yaqindan tanishish, Netherlands Education Groupning biznesga oid dolzarb masalalarini hal qilish va tashkilotni rivojlantirishni istayotgan jamoa bilan birgalikda dunyoqarashlarini kengaytirishlari mumkin.
Dastlab nomzodlar qabul qilinganlaridan soʻng 6 oyda davomida onlayn shaklda amaliyot oʻtashadi, soʻngra Amsterdamda boʻladigan 3 oylik dasturda qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Olti oylik onlayn amaliyot davomida nomzodlar uydan, yaʼni masofadan turib turli xil vazifalarni, asosan, quyidagi topshiriqlarni bajarishadi:
- Bozorni oʻrganish (Market research);
- Mahalliy hamkorlar bilan aloqa (Communication with local partners);
- Ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash (Work with social media).
Dasturga ariza topshirish yil davomida davom etadi. Javoblar nomzodlar hujjatlarini yuborgandan keyin 3 haftadan ichida ko‘rib chiqilib eʼlon qilinadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumotga ega boʻlish mumkin.