Mashinaviy oʻrganish va Sunʼiy intellekt sohasiga qiziquvchi bakalavr talabalari uchun AQShning bepul NYU AI School qishki maktabi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
09 Dek, 2021 · Muddat tugagan

Mashinaviy oʻrganish va Sunʼiy intellekt sohasiga qiziquvchi bakalavr talabalari uchun AQShning bepul NYU AI School qishki maktabi

Yozgi maktab Qisman moliyalash

Tavsif

Machine Learning for Language Lab tashkiloti sunʼiy intellekt va mashinaviy oʻrganish sohasiga qiziquvchi bakalavr talabalari uchun AQShdagi NYU AI School maktabida ishtirok etish va bilimlarini yanada oshirish imkoniyatini taqdim etadi.

Dastur 2022-yilning 10-14-yanvarda Nyu York shahrida boʻlib oʻtadi. Ushbu vaqt davomida talabalar yetakchi mutaxassislar va Nyu-York universitetining eng tajribali professorlari tomonidan olib boriladigan amaliy laboratoriya mashgʻulotlari va leksiyalarda bepul ishtirok etadilar.

Dasturning oʻquv rejasi haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun talabalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Dasturda bakalavr bosqichining 1-2-kurs talablari ishtirok etishi mumkin;
  • Nomzod mashinaviy oʻrganish, sunʼiy intellekt kabi sohalarga qiziqishga ega boʻlishi kerak;
  • Matematika, kompyuter texnologiyalari kabi fanlardan kuchli bilimga ega boʻlish talab etilmaydi. Ammo dasturlash (xususan, Python) sohasida bilimga ega boʻlish ushbu maktabdan koʻproq maʼlumot olishga yordam berishi mumkin.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturda ishtirok etish talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dastur davomida ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • M
  • Ishtirokchilar sunʼiy intellekt va mashinaviy oʻrganish haqida asosiy maʼlumotlarga ega boʻladi;
  • Mashgʻulotlar tajribali professor va ekspertlar tomonidan olib boriladi;
  • Ishtirokchilar mashinaviy oʻrganishning karyera va hayot uchun ahamiyatini toʻliq anglab yetadi va uni amalda qoʻllashni oʻrganadi;
  • Soha boʻyicha tadqiqot oʻtaydi va uni zamonaviy jamiyatda qoʻllash uchun amaliy tajriba olib borish imkoniga ega boʻladi.

Eslatma! Safar va turar joy xarajatlarini ishtirokchi oʻz zimmasiga olishi shart.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun ushbu ariza shaklini toʻldirish lozim. Ariza toʻldirishdan avval nomzodlar ushbu diagnostik testni ishlab dasturga tayyor ekanliklarini tekshirish olishlari mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Dasturda soʻzga chiquvchi spikerlar roʻyxati bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: nyuaischool@gmail.com

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Soha

    Kompyuter fanlari va IT

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Mashinaviy oʻrganish va Sunʼiy intellekt sohasiga qiziquvchi bakalavr talabalari uchun AQShning bepul NYU AI School qishki maktabi
09 Dek, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.