Tavsif
MIT OpenCourseWare (OCW) bu Massachusetts Institute of Technology (Massachusets texnologiya instituti) ochiq kutubxonasi boʻlib, unda oʻqitish va oʻrganish uchun moʻljallangan sifatli, turli sohaga oid materiallarni topish mumkin. Ushbu platformadan foydalanish va maʼlumotlarni yuklab olish mutlaqo bepul va qulay. Bu yerda 2500 dan ortiq universitet kurs maʼlumotlari hamda barcha sohalarga oid koʻplab manbalar mavjud. Sayt qulay loyihalashtirilgan boʻlib, unda kurslarni, kitoblarni yoki boshqa manbalarni qidirish, vaqtga, sohasiga, bosqichiga, darajasiga, xususiyatlari hamda mavzusiga qarab qulay topish imkoni mavjud.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.