MDH davlatlari maktab bitiruvchilari uchun "Volga Universe" xalqaro yoshlar olimpiadasi. G'oliblarga I.N Ulyanova universitetida o'qish uchun tavsiyanoma va chegirmalar beriladi
Rossiya Rossiya
10 Iyl, 2021 · Muddat tugagan

MDH davlatlari maktab bitiruvchilari uchun "Volga Universe" xalqaro yoshlar olimpiadasi. G'oliblarga I.N Ulyanova universitetida o'qish uchun tavsiyanoma va chegirmalar beriladi

Almashinuv (Maktab) Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Agar Siz Rossiyada oliy ma'lumot olishni xohlayotgan, lekin qaysi universitetni tanlashni aniq bilmayotgan bo'lsangiz. Yoki Rossiyaning qoq markazida, buyuk Rossiya Volga daryosi bo'yida qiziqarli va voqealarga boy talabalik hayotini o'tkazishni xohlasangiz.

I.N. nomidagi Ulyanovsk davlat pedagogika universiteti sizni 2021 yil 12-16 iyul kunlari Ulyanova "Volga Universe" xalqaro yoshlar olimpiadasiga qatnashishga taklif qiladi.

Olimpiada Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ta'lim muassasalari bitiruvchilari uchun.

Universitet yoshlarga oʻz bilimlarini sinab koʻrishga imkon yaratib berish bilan birga ularga ikkinchi mutaxassislik yoʻnalishida ham oʻqishga taklif etadi. Taʼlimni davom ettirish uchun talabalarga qiziq boʻlgan taʼlim yoʻnalishini tanlashi mumkin. Matematika/Iqtisodiyot, rus tili va adabiyoti, boshlangʻich va keyingi taʼlim uchun sanʼat va musiqa, huquqshunoslik, nemis tili, ingliz tili, geografiya/ chet tillari, jismoniy taʼlim-tarbiya va shu kabi yoʻnalishlarda taʼlimni olib borishingiz mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • MDH davlatlariga aʼzo davlat fuqarosi boʻlishi
  • Oʻrta taʼlim yoki maktabni bitirayotgan boʻlishi
  • Rus tilini bilish

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Ishtirokchi va g'oliblar uchun maxsus sertifikat va diplomlar;
  • I.N.Ulyanov universitetida oʻqish toʻlovlari boʻyicha chegirma

Topshirish jarayoni

  1. Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng, koʻrsatgan elektron pochta manzillariga ishtirokchi maqomini tasdiqlovchi xat yuboriladi
  2. Roʻyxatdan oʻtayotganda olimpiadaning bir yoki bir nechta mavzusini tanlashingiz mumkin. (Olimpiadaning barcha ishtirokchilari uchun rus tili majburiydir.)
  3. Koʻrsatmalarga muvofiq olimpiada topshiriqlarini bajarish (“topshirish” tugmachasini bosishni unutmang!)

Eslatma!
Ariza yuborilganidan keyin ishtirok etish toʻgʻrisida elektron sertifikat beriladi

Qo'shimcha ma'lumot

Olimpiada 12.07.2021 dan 16.07.2021 sanasida boʻlib oʻtadi.

Natijalar 2021 yil 21 iyulda Olimpiadaning rasmiy sahifasida eʼlon qilinadi, shuningdek gʻoliblar va sovrindorlar uchun pochta roʻyxati mavjud.

Murojaat uchun:

Tel: +79176303647 (WhatsApp, Telegram)

Email: inter_dep@ulspu.ru

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Almashinuv (Maktab)

  • Dastur tili

    Rus tili

Rossiya MDH davlatlari maktab bitiruvchilari uchun "Volga Universe" xalqaro yoshlar olimpiadasi. G'oliblarga I.N Ulyanova universitetida o'qish uchun tavsiyanoma va chegirmalar beriladi
10 Iyl, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.