40 yoshdan kichik boʻlgan turli sohadagi tadqiqotchi, mutaxassis, talaba va aspirantlar uchun ilmiy va jurnalistik xalqaro maqolalar tanlovi
Rossiya Rossiya
12 May, 2024 · Muddat tugagan

40 yoshdan kichik boʻlgan turli sohadagi tadqiqotchi, mutaxassis, talaba va aspirantlar uchun ilmiy va jurnalistik xalqaro maqolalar tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

A.A.Gromiko nomidagi Tashqi siyosat tadqiqotlari assotsiatsiyasi, Rossiya Fanlar akademiyasining Yevropa instituti hamda Belarus Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi A.A.Gromiko nomidagi MDH davlatlari boʻyicha yosh xalqaro ekspertlar tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovdan koʻzlangan maqsad xalqaro munosabatlar, zamondosh hikoyalar, diplomatiya va Yevrosiyo makonidagi integratsiya jarayonlari haqida ilmiy izlanishlarni ommalashtirishdan iborat.

Tanlovda MDH davlatlari fuqarolaridan boʻlgan barcha talabalar, doktorantlar, yosh olimlar va diplomatlar, biznes sohasi mutaxassislari, jurnalistlar, iqtisodchilar hamda boshqa qator soha vakillari qatnasha olishadi.

Tanlov 3 xil yosh kategoriyasi va nominatsiya boʻyicha olib boriladi. Bular:

A) Asosiy nominatsiya. 2024-yilning avgust oyiga qadar 40 yoshdan kichik boʻlgan bakalavr diplomiga ega boʻlgan talabalar, olimlar, oʻqituvchilar, tahlilchilar va diplomatlar tomonidan yozilgan ilmiy maqolalar kategoriyasi;

B) Debyut nominatsiya. 2024-yilning avgust oyiga qadar 30 yoshdan kichik boʻlgan oliy taʼlim bitiruvchilari hamda talabalari tomonidan yozilgan ilmiy maqolalar kategoriyasi;

C) Insholar tanlovi. 2024-yilning avgust oyiga qadar 30 yoshdan kichik boʻlgan oliy taʼlim bitiruvchilari hamda talabalari tomonidan yozilgan publitsistik insholar tanlovi kategoriyasi.

Dasturda asosiy nominatsiya boʻyicha gʻolib boʻlgan finalistlarga Moskvadagi Finalistlar Forumiga taklifnoma beriladi va sayohat toʻliq qoplanadi. Bundan tashqari gʻoliblarning maqolalari yetakchi jurnallarda chop etilishi, diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanishi koʻzda tutilgan. Forumda boʻlib oʻtadigan muzokaralar davomida eng yaxshi himoya qilingan maqolalar mualliflariga hakamlar tomonidan alohida grantlar ajratilishi mumkin. Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etiladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar talab qilinadi:

  • Tanlovda MDH tashkilotiga aʼzo mamlakat fuqarolari qatnasha oladi (Oʻzbekiston bu tashkilotga aʼzo);
  • Dasturda 2024-yilning avgust oyiga qadar 40 yoshdan kichik boʻlgan barcha soha vakillari ishtirok etishi mumkin.

Maqolalar va insholarga qoʻyilgan talablar:

  • Ilmiy maqolalar oldin chop etilmagan, asl nusxada boʻlishi kerak;
  • Topshirilayotgan maqolalar rus tilida boʻlishi lozim;
  • 30,000 belgidan oshmasligi, 1,5 intervalda, Times New Roman, 14 shriftda yozilishi lozim;
  • Ishlar bir yoki bir necha kishi tomonidan yozilgan boʻlishi mumkin. Bunda mualliflarning barchasi MDH mamlakatlari fuqarolari boʻlishi lozim;
  • Maqolalar roʻyxatda berilgan mavzular doirasida boʻlishi kerak. Roʻyxat bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin;
  • Nominatsiyalar boʻyicha raqobatbardosh ilmiy ishlar ilmiy maqolalar tayyorlash qoidalariga muvofiq ishlab chiqilishi kerak. Qoidalar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin;
  • Tanlovda, shuningdek, “Dunyoning yangi qayta taqsimlanishi: sivilizatsiyalar urushi yoki makromintaqalar muvozanati?”, “Madaniyat urushlari: inson oʻzligini qayta islоh qilish uchun kurash jahon siyosatiga qanday taʼsir qiladi?” mavzularida yozilgan jurnalistik insholar bilan qatnashish mumkin. Ushbu insholar erkin yozilib, ilmiy maqolalar tayyorlash qoidalariga rioya qilishi shart emas.

Tanlov maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Tanlovda 2 xil kategoriya boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi:

A) Asosiy nominatsiya boʻyicha:

1 — oʻringa noutbuk;

2 — oʻringa planshet;

3 — oʻringa smartfon;

B) Debyut nominatsiya boʻyicha:

1 — oʻringa smart watch;

2 — oʻringa fitness braslet;

3 — oʻringa tashqi xotira qurilmasi.

  • Asosiy toifada gʻolib boʻlganlarning ilmiy maqolalari VAK va Scopus roʻyxatiga kiruvchi yetakchi jurnallarda chop etiladi (“Современная Европа“, МГИМО);
  • Tanlovning barcha finalistlari 2024-yil iyul oyida Moskva shahrida boʻlib oʻtadigan Finalistlar Forumiga oʻz ishlarini namoyish qilish uchun taklif etiladi. Bunda sayohat xarajatlari, borish kelish, turar joy, oziq-ovqat kabilar tashkilotchilar tomonidan toʻliq qoplanadi;
  • Barcha gʻoliblarning ishlari ilmiy maqolalar toʻplamida nashr ettiriladi;
  • Bundan tashqari musobaqaning Finalistlar Forumida eng yaxshi himoya qilingan ishlarga hakamlar tomonidan quyidagilar taqdim etilishi mumkin:

A)Tadqiqot loyihasi, monografiya nashri yoki Rossiyadagi konferensiyada ishtirok etish uchun grant;

B) Rossiyaning yetakchi universitetlarida, shu jumladan, MGIMOda malaka oshirish uchun grant;

D) Yevrosiyo Iqtisodiy Komissiyasida, MGIMOda stajirovka oʻtash uchun tavsiyanoma.

  • “Insho tanlovi” va boshqa maxsus nominatsiyalar boʻyicha ham gʻoliblar aniqlanadi va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi;
  • Tanlov gʻoliblariga diplom va esdalik sovgʻalar topshiriladi;
  • Tanlovda ishtirok etgan barcha qatnashchilarga elektron sertifikatlar beriladi.

Dastur imtiyozli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Tanlovda qatnashish uchun nomzodlar 2024-yil 13-maydan kechikmagan holatda ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtib ariza toʻldirishlari lozim.

Ariza toʻldirish shartlari va yoʻriqnomasi bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Rus tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 40

  • Jins

    Erkak, Ayol

Rossiya 40 yoshdan kichik boʻlgan turli sohadagi tadqiqotchi, mutaxassis, talaba va aspirantlar uchun ilmiy va jurnalistik xalqaro maqolalar tanlovi
12 May, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.