Tavsif
Media School Uzbekistan (MSU) media-menejment va jurnalistika maktabi 2026-yilgi mavsum uchun professional oʻquv dasturiga arizalar qabulini boshladi. Ushbu dastur oʻz tahririyatini kuchaytirish, raqamli media mahsulotlarini rivojlantirish hamda ilgʻor xalqaro tajribalarni joriy etishni istagan Oʻzbekistondagi media sohasi vakillari uchun maxsus ishlab chiqilgan.
Ishtirokchilar oʻzlarining shaxsiy medialoyihalari ustida ishlaydilar, tajribali trenerlar hamda mentorlarning yaqindan qoʻllab-quvvatlashiga ega boʻladilar va oʻquv jarayonining oʻzidayoq oʻz tahririyatlarida oʻzgarishlarni amalga oshira boshlaydilar. Dastur doirasidagi mashgʻulotlar oʻzbek va rus tillarida olib boriladi.
Oʻqitish jarayoni ikkita asosiy yoʻnalishni qamrab oladi:
Raqamli jurnalistika (Digital-jurnalistika)
Raqamli media-menejment (Digital-media-menejment)