Tavsif
Japan Media Arts Festival (Yaponiya Media va San’at Festivali) - ommaviy axborot vositalarining keng qamrovli festivali bo’lib, unda multimedia va komikslardan tortib media-san’at hamda turli ko’ngilochar dasturlarga oid turli xil ishlar qamrab olinadi.
Festival 4 yo’nalishda o’tkazilib, g’oliblar har bir yo’nalish uchun alohida nominatsiyalar bo’yicha taqdirlanadilar.
Shuningdek, mukofotga sazovor bo’lgan hamda omma e’tiborni qozongan namunaviy ishlar uchun alohida platforma yaratiladi.
Dastur maqsadi - Media va San’atni rivojlantirish va targ’ib qilishga qaratilgan eng sara asarlarni jamlash hamda ularni Yaponiya va turli chet davlatlarida ommaga taqdim etishdan iborat.