Tavsif
"Young Professional Fellowship Canada 2025" - bu har yili dunyoning turli burchagida o‘tkaziluvchi 16-40 yosh oralig‘idagi global yoshlar uchrashuvidir. Ushbu dastur madaniyatlararo almashinuv, o‘zini o‘zi tadqiq qilish, yetakchilikni rivojlantirish, global o‘zaro munosabatlar va do‘stlik, hamkorlik, Barqaror rivojlanish maqsadlari va yoshlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.
MAPS - Yoshlar Lideri Tashkiloti butun dunyo bo‘ylab o‘z jamoalari atrofida ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirayotgan 150 nafar eng yaxshi yoshlarni saralab oladi. Bu yil uchun to‘liq moliyalashtirilgan 20 ta, qisman moliyalashtirilgan 45+5 ta va 130 ta o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan o‘rin ajratilgan.
Dastur maqsadi:
- Butun dunyo bo‘ylab yoshlar o‘rtasida o‘zaro madaniyatlararo almashinuv va global do‘stlikni o'rnatish;
- Ishtirokchilar orasida yetakchilik, jamoani shakllantirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va bunda BMTning Barqaror Taraqqiyot Maqsadlari tashkilotining tutgan o‘rnini anglatish;
- Delegatlarni iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanishlar natijasida dunyodagi bo‘layotgan hodisalardan xabardor qilish;
- Ishtirokchilarga sog‘lom turmush va farovon hayot kechirishlari uchun o‘zliklarini anglash va hayotga ijobiy yondashishlari borasida yordam berish va b.
Dasturga bu yil 5-8 avgust kunlari Kanada davlati mezbonlik qiladi.
Dastur bo‘yicha ushbu videorolikni tomosha qilish mumkin.