MetsenatUz loyihasidan bakalavr talabalari uchun shartnoma pulini qoplab beruvchi TAIBA FINANCE taʼlim granti
O‘zbekiston O‘zbekiston
30 Okt, 2023 · Muddat tugagan

MetsenatUz loyihasidan bakalavr talabalari uchun shartnoma pulini qoplab beruvchi TAIBA FINANCE taʼlim granti

Bakalavr To‘liq taʼlim Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

MetsenatUz loyihasi 30 nafar talabaga bakalavriat bosqichi uchun toʻliq bir yillik shartnoma summasini qoplab beruvchi TAIBA FINANCE taʼlim grantini taqdim etadi. Dastur MChJ “TAIBA FINANCE” XK tomonidan moliyalashtiriladi. 

Grantning maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor talabalarning taʼlim olishi uchun moddiy yordam koʻrsatish hisoblanadi.

Maʼlumot uchun: 2020-yilda iqtidorli hamda ehtiyojmand talabalarga taʼlim granti va stipendiya ajratishga moʻljallangan Metsenat.uz loyihasiga asos solingan. Oʻtgan davr mobaynida homiylar koʻmagi bilan talabalarga jami 6 mlrd 868 mln soʻm mablagʻ toʻlab berilgan.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Barcha davlat taʼlim muassasalarining bakalavriat bosqichi talabalari qatnashishi mumkin;
  • Nomzodlar taʼlimning kunduzgi shaklida oʻqiyotgan boʻlishi kerak;
  • Ishtirokchilar akademik iqtidorli hamda moliyaviy tomondan ehtiyojmand talaba boʻlishi lozim.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Toʻliq bir yillik shartnoma summasi qoplab beriladi.

Eslatma: Grant gʻoliblariga stipendiya berilmaydi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Hujjatlar 2023-yil 31-oktyabrgacha qabul qilinadi. Shundan soʻng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali gʻoliblar aniqlanadi;
  • Dastur haqida qoʻshimcha maʼlumotni Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali ham olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Bakalavr

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston MetsenatUz loyihasidan bakalavr talabalari uchun shartnoma pulini qoplab beruvchi TAIBA FINANCE taʼlim granti
30 Okt, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.