Tavsif
IT Park va Certiport xalqaro test markazi 2023-yil 10-aprelda imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida Microsoft Office va Adobe tanlovining milliy bosqichi uchun arizalarni saralash boshlanganini e’lon qiladi.
Microsoft Office va Adobe - bu Microsoft ofis ilovalari va Adobe dasturlari bilan ishlash ko'nikmalarini sinovdan o'tkazadigan global musobaqa hisoblanadi. Ba'zi mamlakatlarda yoki mintaqalarda talabalar birinchi milliy bosqichda ishtirok etishlari shart. Uning natijalariga ko‘ra eng yaxshi talabalar o‘z mamlakatlarini jahon chempionatida namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ma'lumot uchun: Certiport – bu Amerika kompaniyasi bo'lib, butun dunyo bo'ylab 15 000 dan ziyod markazlarda o'tkaziladigan testlarni ishlab chiqish va avtomatlashtirilgan testlarning yetakchilardan biri hisoblanadi.
Batafsil ma'lumot va tanlovda ishtirok etish qoidalari bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.