Misrdagi Amerika universitetida bakalavriatni o‘qish uchun 100% gacha grantlar — AUC Excellence Scholarship Programme
Misr Misr
31 May, 2026 · Muddat tugagan

Misrdagi Amerika universitetida bakalavriatni o‘qish uchun 100% gacha grantlar — AUC Excellence Scholarship Programme

Bakalavr To‘liq taʼlim Bepul o'qish

Tavsif

Misr davlatining Qohira shahrida joylashgan Amerika universiteti (AUC) iqtidorli, bilimli, yetakchi va yuqori koʻrsatkichlarga ega talabalarni qoʻllab-quvvatlash uchun AUC Excellence Scholarship Program dasturi doirasida quyidagi grantlarni taqdim etadi:

  • Academic Achievement;
  • International Diversity;
  • Egyptian National Certificates;
  • Talents;
  • Leadership and Community Service;
  • Liberal Arts Majors.

Dastur doirasida talabalar bir yoki bir nechta grantni qoʻlga kiritishlari mumkin va grantlar talabalarning oʻqishlari uchun kontrakt summasidan 20% dan 100% gacha ozod qiladi. Kontrakt summasining chegirmasi nomzodlarning salohiyati hamda qoʻlga kiritgan grantlari soniga qarab 100% gacha boʻlishi mumkin.

Dasturda qatnashish uchun yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlish hamda ingliz tilini bilish boʻyicha sertifikat talab qilinadi. Dasturga qabul jarayoni 2026-yil 1-iyungacha davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Dasturda barcha davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin;
  • Nomzodlar iqtidorli, bilimli va ijtimoiy jihatdan faol boʻlishlari lozim;
  • Ishtirokchilar ingliz tilini bilishlari va IELTS yoki TOEFL xalqaro sertifikatlaridan biriga ega boʻlishlari kerak.
  • Grantni qoʻlga kiritish uchun yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlish kerak;
  • Barcha kerakli hujjatlar belgilangan muddatga qadar topshirilishi zarur;
  • Nomzodlar barcha talablarga javob berishlari va soʻralgan hujjatlar shaxsan toʻldirilgan boʻlishi lozim;

Dastur talablari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dastur nomzodlarning kontrakt xarajatlarini grant turiga quyidagicha qoplab beradi:

  • Academic Achievement granti ishtirokchilarning 20% dan 60% gacha kontrakt xarajatlarini qoplab beradi;
  • International Diversity granti ishtirokchilarning 20% dan 30% gacha kontrakt xarajatlarini qoplab beradi;
  • Egyptian National Certificates granti ishtirokchilarning 20% dan 40% gacha kontrakt xarajatlarini qoplab beradi;
  • Talents granti ishtirokchilarning 20% dan 30% gacha kontrakt xarajatlarini qoplab beradi;
  • Leadership and Community Service granti ishtirokchilarning 20% dan 30% gacha kontrakt xarajatlarini qoplab beradi;
  • Liberal Arts Majors granti ishtirokchilarning 20% dan 30% gacha kontrakt xarajatlarini qoplab beradi.

Eslatma! Nomzodlar bir vaqtning oʻzida bir nechta grantni qoʻlga kiritishlari ham mumkin. Kontrakt summasining chegirmasi nomzodlarning salohiyati hamda qoʻlga kiritgan grantlari soniga qarab 100% gacha boʻlishi mumkin.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga qabul jarayoni quyidagicha:

  • 2026-yil 1-iyungacha dastur onlayn sahifasi orqali hujjatlarni topshiring;
  • Dastur talablari va ariza topshirish jarayoni haqida batafsil maʼlumot oling;
  • Dasturda mavjud bakalavr yoʻnalishlar bilan tanishing;
  • Bakalavr yoʻnalishlaridan birini tanlang va soʻralgan hujjatlarni tayyorlang;
  • Grantga nomzod sifatida koʻrib chiqilish uchun hujjat topshirish jarayonida grant uchun ariza topshirish degan qismini belgilang.

Eslatma! Ariza topshirish uchun soʻraladigan hujjatlar tanlangan yoʻnalish va grant turiga qarab farq qiladi. Baʼzi yoʻnalishlarga hujjat topshirgan nomzodlar bilan onlayn intervyu oʻtkazilishi mumkin.

Dasturga ariza topshirish boʻyicha talablar hamda hujjatlar roʻyxati bilan ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Mavjud bakalavr yoʻnalishlari bilan ushbu havola orqali toʻliq tanishish mumkin.

Dasturga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Bepul o'qish

  • Daraja

    Bakalavr

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Misr Misrdagi Amerika universitetida bakalavriatni o‘qish uchun 100% gacha grantlar — AUC Excellence Scholarship Programme
31 May, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.