Molekulyar va nazariy biologiya yoʻnalishiga qiziqadigan maktab va litsey/kollej oʻquvchilari uchun Estoniyada toʻliq qoplanuvchi yozgi maktab
Estoniya Estoniya
16 Yan, 2022 · Muddat tugagan

Molekulyar va nazariy biologiya yoʻnalishiga qiziqadigan maktab va litsey/kollej oʻquvchilari uchun Estoniyada toʻliq qoplanuvchi yozgi maktab

Yozgi maktab To'liq moliyalash

Tavsif

Molekulyar va nazariy biologiya yoʻnalishiga qiziqadigan va shu yoʻnalishida amaliy tajriba olishni istaydigan barcha 8-sinfdan boshlab litsey/kollej oʻquvchilari uchun Estoniyada toʻliq qoplanuvchi yozgi maktab.

Yozgi maktab University of Tartu da boʻlib oʻtadi va ishtirokchilarga turar-joy, oziq-ovqat va laboratoriyadan foydalanish davrida kerak boʻladigan barcha uskunalar bepulga beriladi. Dastur davomida talabalar ushbu soha boʻyicha kuchli va tajribali ustozlardan mahorat darslari olishlari va amaliy tajribalarni oʻzlari qilib koʻrishlariga imkoniyat beriladi.

Yozgi maktab 2022-yil 1-avgustdan 18-avgustgacha davom etadi. Ushbu toʻliq qoplanuvchi grant Estoniyadagi Zimin Foundation va unga qoʻshimcha tashkilotlar HHMI va Petrovax tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan. Nomzodlar oʻz davlatlaridan Tartu universitetigacha boʻlgan sayohat pulini oʻzlari toʻlashlari kerak, agar imkoniyati yetarli boʻlmasa hujjat topshirish davomida aytib oʻtishlari so‘raladi shunga qarab fond tomonidan yordam beriladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Molekulyar va nazariy biologiya yoʻnalishida oʻqiydigan yoki shu yoʻnalishda izlanish olib borayotgan barcha davlat fuqarolari ariza yuborishlari mumkin;
  • Nomzodlar 8-sinfdan boshlab kollej/litsey yoshida boʻlishi kerak, universitet talablari qatnasha olmaydilar;
  • Dastur ingliz va rus tillarida boʻlib oʻtishi sababli, shu ikkita tildan birini yaxshi bilishi soʻraladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Yozgi maktab Zimin Foundation tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi;
  • Tibbiy sugʻurta, yashash, oziq-ovqat va dastur davomida laboratoriya jihozlaridan foydalanish barchasi bepul qilingan;
  • Agar nomzodlardan viza va shunga oʻxshash hujjatlar soʻralsa, bu borada ham yordam beriladi, hujjat topshirishda hech qanday toʻlovlar yoʻq barchasi bepul amalga oshiriladi;
  • Dastur qatnashchilari shu yoʻnalishdagi eng yaxshi mentorlardan dars olib, aynan shu yoʻnalishda amaliy tajriba va yangi doʻstlar orttirish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Topshirish jarayoni

  1. Dasturga Toshkent vaqti bilan 16-yanvar soat 05:00 ga qadar ushbu havola arizalar qabul qilinadi. (Estoniya vaqti bilan esa UTC on January 15, 2022 till midnight).
  2. Hujjat topshirishdan oldin email va kod kiritib roʻyxatdan oʻtish soʻraladi, muvaffaqiyatli roʻyxatdan oʻtganlar keyingi hujjat topshirish jarayoniga oʻtishadi;
  3. Hujjat topshirishda asosan Letter of Support (yaʼni siz haqingizda biror kimning bildirgan fikrlarini joʻnatishingiz va u odam haqida maʼlumot qoldirishingiz kerak);
  4. Hujjat topshirishda yana bir eʼtibor beriladigan narsa nomzodlarni shu kungacha erishgan yutuqlari va baholari hisoblanadi;
  5. Dasturga aslida 9-sinfdan universitet yoshigacha boʻlgan nomzodlar ariza topshirganlari maʼqul, agar nomzod 8-sinf boʻlsa-yu, juda kuchli qiziqish va ishtiyoqqa ega boʻlsa, shu haqida isbot beradigan hujjatlar joʻnatishi soʻraladi;
  6. Saralash jarayoni tugaganidan soʻng Skype orqali intervyu olinadi va keyin final qatnashchilari eʼlon qilinadi.
  7. Dastur vaziyatga qarab onlayn holatda ham boʻlishi mumkin, bunday holatda ham toʻliq qatnashish barcha vazifalarni bajarish talab etiladi.
  8. Batafsil ma'lumot bu yerda berilgan

Qo'shimcha ma'lumot

Qoʻshimcha savollar yuzasidan quyidagi manzillarga murojaat qilish mumkin:

  1. Elektron pochta: smtb@molbioschool.org
  2. Telefon: Ilmiy rahbar, Fyodor Kondrashov, +43-664-88326214
  3. Eng ko‘p so‘raladigan savollar bilan bu yerda batafsil tanishib chiqish mumkin.
  4. Moliyaviy yordam qanday va kimlar uchun ajratilishi haqida bu yerda.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Soha

    Tabiiy fanlar va matematika

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 14, Max: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

Estoniya Molekulyar va nazariy biologiya yoʻnalishiga qiziqadigan maktab va litsey/kollej oʻquvchilari uchun Estoniyada toʻliq qoplanuvchi yozgi maktab
16 Yan, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.