Tavsif
MOPGA Visiting Fellowship Program — 2018-yilda boshlangan “Make Our Planet Great Again” (MOPGA) tashabbusi doirasida tashkil etilgan yosh tadqiqotchilarga Fransiyada tadqiqot olib borish imkoniyati beruvchi hamdoʻstlik dasturi.
Dasturning asosiy maqsadi COP(Conference of the Parties) tomonidan koʻtarilgan iqlim oʻzgarishi muammolariga ilmiy jihatdan hissa qoʻshishni kuchaytirishdir.
MOPGA dasturi Fransiyada oʻz tadqiqotini olib borishni xohlovchi 60 nafar yosh tadqiqotchilarni qabul qiladi. Dastur Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vazirligi tomonidan Fransiya Oliy taʼlim va tadqiqotlar vazirligi bilan hamkorlikda moliyalashtiriladi va Campus France tomonidan amalga oshiriladi.
Yosh tadqiqotchilar uchun MOPGA 2026 hamdoʻstlik stipendiya dasturi quyida keltirilgan mavzular ustida ish olib borayotgan tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlaydi.
Tadqiqot mavzulari:
- Yer tizimlari (Earth systems);
- Iqlim oʻzgarishi va barqarorlik (Climate change and sustainability);
- Barqaror energiyaga oʻtish (Energy transition);
- Atrof-muhit muammolarining ijtimoiy qiyinchiliklari (Societal challenges of environmental issues);
- Inson, hayvonlar va ekotizim salomatligi “Yagona salomatlik” yondashuvining bir qismi sifatida (Human, animal and ecosystem health as part as a “One Health” approach).
Dastur haqida batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.