Tavsif
Online Hackaton Moscow City Hack 2022 — Moskva shahar tadbirkorlik va innovatsion rivojlanish boshqarmasi tomonidan shahar va biznes uchun yangi raqamli mahsulotlar va xizmatlarni yaratishga qaratilgan onlayn hakaton musobaqasi.
Musobaqada ishtirok etish orqali iqtidorli mutaxassislarning hamjamiyatiga aʼzo boʻlish, pul mukofotini yutib olish, shuningdek, eng yaxshi raqamli mahsulotni ishlab chiqish orqali ish taklifi/amaliyot oʻtashga qabul qilinish imkoniyati taqdim etiladi.
Musobaqa 2022-yil 10-13-iyun kunlari onlayn tarzda boʻlib oʻtadi.
Musobaqa 5 xil yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi:
- Texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi soxta yangiliklarni tekshirish xizmati
- Koʻngillilar uchun vazifalarni joylashtirish va topish xizmati
- Import oʻrnini bosishni rivojlantirish uchun Moskva ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari haqida maʼlumot toʻplash va tahlil qilish xizmati
- Bank mahsulotlarini ilgari surish uchun yangi raqamli kanallar samaradorligini baholash boʻyicha tavsiyalar xizmati
- Mulohaza yuritish va maqsadni belgilash orqali oʻquv jarayonida diqqatni jamlash uchun chatbot yordamchisi
Telegram guruh orqali jamoa shakllantirish va qoʻshimcha savollarga javob olish mumkin.
Rasmiy eʼlon orqali musobaqa oʻtkazilish vaqtlari va yoʻnalishlar haqida batafsil maʼlumot olish mumkin.