Tavsif
Moskva aviatsiya instituti (MAI) maktabning 10-11-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari uchun “Men MAI talabasiman” nomli xalqaro olimpiadani eʼlon qiladi. Olimpiada onlayn tarzda oʻtkaziladi. Unda matematika, fizika va informatika fanlaridan turli qiyinchilik darajasidagi topshiriqlar test shaklida beriladi va natijalar avtomatik tarzda aniqlanadi. Shuning uchun hech bir ishtirokchi apellyatsiya uchun ariza berolmaydi.
Dasturdan maqsad oʻquvchilardagi soha boʻyicha egallagan bilim darajasini aniqlash, murakkab masalalarni onlayn tarzda hal qilish qobiliyatini sinab koʻrish va qobiliyatli nomzodlarni institutga kirishga ragʻbatlantirishdan iborat.
Maʼlumot uchun: Moskva aviatsiya instituti (MAI aviatsiya va boshqa yuqori texnologiyali sohalar boʻyicha chuqur bilimga ega kadrlarni yetkazib beradigan Rossiyadagi yetakchi texnik universitetlardan biridir. MAI talabalari zamonaviy loyihalar ustida tadqiqotlar olib borishadi va aviatsiya tizimlari, jumladan uchuvchisiz uchish apparatlari, tovushdan tez tizimlar, ilgʻor harakatlantiruvchi va elektr stansiyalari, kosmik tizimlar, matematik modellashtirish, sunʼiy intellekt, avionika, kompozit materiallar, qoʻshimcha texnologiyalar kabi sohalarda katta ahamiyatga ega boʻlgan texnologiyalarni shakllantiradilar.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.