Tavsif
James Dyson Mukofoti bu istiqbolli yosh dizayn muhandislarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan xalqaro dizayn mukofoti hisoblanadi. Dastur bo‘lajak muhandislarga ixtirolarni yaratish va ularni keng ommaga yoyish imkoniyatini beradi. Loyiha James Dyson mukofot jamg‘armasi tomonidan tashkillashtirilgan. Tanlovni tashkillashtirishdan asosiy maqsad odatiy, kundalik ishlatiladigan narsalarga o‘zgacha yondashuv orqali ularni yanada qulayroq va yaxshiroq holga keltirishdir. Dasturda muhandislik sohasida tahsil olayotgan yoki shu sohani bitirgan nomzodlar qatnashishlari mumkin. Nomzod tanlovda bugungi kunda dolzarb bo‘lgan muammolardan biriga o‘z yechimini taklif qilgan holda qatnashishi kerak bo‘ladi. Dastur g‘oliblariga turli miqdorda pul mokofoti taqdim etiladi.
Dasturga ariza topshirish jarayoni 2025-yil 12-martdan boshlanadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil ma’lumot olish mumkin.