Muhandislik va aviatsiya sanoatida bakalavr bosqichida o‘qish uchun Singapore Airlines Open Overseas Scholarship dasturi
Singapur Singapur
10 Mar, 2022 · Muddat tugagan

Muhandislik va aviatsiya sanoatida bakalavr bosqichida o‘qish uchun Singapore Airlines Open Overseas Scholarship dasturi

Bakalavr To‘liq taʼlim Bepul o'qish

Tavsif

Eng yuqori sifatli havo transporti xizmatlarini taqdim etishga bag‘ishlangan global aviakompaniya - Singapore Airlines (SIA)  bakalavr bosqichida o‘qish uchun Singapore Airlines Open Overseas Scholarship dasturini e’lon qiladi. Nomzodlar arxitektura, biotibbiyot, biotexnologiya, stomatologiya, huquq, tibbiyot va farmasevtika yo‘nalishlaridan tashqari barcha kurslar yo‘nalishlarga hujjat topshirishlari mumkin. 

Dasturni tugatgan talablar umumiy boshqaruvi, siyosatlarni tahlil qilish, rejalashtirish, ko‘rib chiqish, amalga oshirish va biznes loyihalari bo‘yicha guruhlar bilan ishlashda ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, turli-xil rivojlanish imkoniyatlari, ishtiyoqli xodimlar hamjamiyati, qit’alararo tajriba, bir-birlariga muvaffaqiyatga erishishda faol yordam beradigan jamoaga ega bo‘ladilar. Muvaffaqiyatli ishtirokchilar o‘qish to‘lovidan ozod qilinadi hamda borib-kelish xarajatlari qoplanadi.

Dastur bilan to‘liq ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dastur nomzodlari quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

  • O‘rta maktab / Texnik ta’lim instituti / Politexnika / kollej / Xalqaro bakalavr maktabini yuqori akademik ko‘rsatkichlar bilan tugallagan bo‘lishi (a’lo darajada bo'lgan hozirgi bakalavrlar ham ariza topshirishlari mumkin);
  • O'qishdan tashqari faoliyatda (CCA) va milliy servisda (Natioanal Service) kuchli yetakchilik qobiliyatlarini namoyon qilgan bo‘lishi (agar mavjud bo’lsa);
  • Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar Singapore Airlines aviakompaniyasi bilan 6 yil davomida xizmat ko‘rsatish uchun shartnoma imzolashlari kerak.

Dastur maqbullik shartlari bilan ushbu havola batafsil tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qiliganlar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘lishadi:

  • O‘qish  va boshqa majburiy to‘lovlar;
  • O‘qish boshlanishidan  oldin bir martalik stipendiya;
  • Yillik texnik xizmat ko‘rsatish uchun stipendiya;
  • Borib-kelish xarajatlari;
  • Tasdiqlangan uchtagacha  bo‘lgan universitetga ariza va kirish testlari uchun xarajatlar.

Dastur imtiyozlari bilan ushbu havola orqali batfsil tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga ushbu havola orqali hujjat topshiriladi.

Dasturga hujjat topshirish haqida ushbu havola orqali batfsil tanishib chiqish mumkin.
 

Qo'shimcha ma'lumot

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

  •  Hujjatlar bilan ko‘rishib chiqilgach nomzodlar bilan bir qator suhbatlar,  psixometrik baholashlar bo‘lib o‘tadi;
  • Tez-tez beriladigan savollar;
  • Qo‘shimcha savollar uchun: scholarships@singaporeair.com.sg.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Bepul o'qish

  • Daraja

    Bakalavr

  • Soha

    Muhandislik va texnologiya

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Singapur Muhandislik va aviatsiya sanoatida bakalavr bosqichida o‘qish uchun Singapore Airlines Open Overseas Scholarship dasturi
10 Mar, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.