Talaba va o’quvchilar uchun 500-700 so'zli insho yozib $1000 gacha pul mukofoti yutib olish imkoniyati
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
29 Iyn, 2024 · Muddat tugagan

Talaba va o’quvchilar uchun 500-700 so'zli insho yozib $1000 gacha pul mukofoti yutib olish imkoniyati

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

IvyPanda xalqaro insholar tanlovi yuqori salohiyatli insho yozish qobiliyatiga ega yoshlar uchun moʻljallangan boʻlib, tanlovda butun dunyodan litsey/kollej, universitet talabalari qatnashishlari mumkin.

 Umumiy mukofot jamgʻarmasi 1500 dollarni tashkil etadi va qatnashuvchilar orasidan ikkita gʻolib aniqlanadi. Birinchi oʻringa $1000, ikkinchi oʻringa $500 dollar mukofot puli topshiriladi. 
Tanlov natijalari 1-iyul sanasida eʼlon qilinadi. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda dunyoning istalgan davlatidan litsey/kollej va universitet talabalari qatnashishlari mumkin;
  • Oʻqiyotganliklarini tasdiqlovchi hujjat talab etiladi;
  • IvyPanda tanlovining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga obuna boʻlish kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

  1. Birinchi oʻrinni qo'lga kiritgan insho $1000,
  2. Ikkinchi oʻrinni olgan $500 mukofot bilan taqdirlanadi;
  3. Eng yaxshi insholar IvyPanda saytida eʼlon qilinadi.

Dasturning manfaatli tomonlari bilan rasmiy manbada tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Hujjatlarni topshirish tartibi:

Quyidagi mavzulardan birini tanlab insho yozish lozim:

  • Zamonaviy ta'limda AI foydalimi yoki zararli?
  • Kiberbezorilik: maktablar mas'uliyatni o'z zimmalariga olishlari kerakmi?
  • Talabalarning ruhiy salomatligi muammolari: qiyin his-tuyg'ularni qanday yengish kerak?

Insho talablari

  • 500-700 soʻzdan iborat boʻlishi;
  • Amerika yoki Britaniya ingliz tilisidan birida yozilgan boʻlishi;
  • Plagiatdan 100 % holi boʻlishi;
  • . Doc yoki .docx formatida boʻlishi;
  • Insho yozayotganda MLA uslubidan foydalaning. Ushbu havola orqali yuklab oling;
  • Foydalangan manbalaringiz asosida 3 yoki undan ortiq havolalarni keltirib oʻting;
  • Fayl nomi quyidagicha yozilishi kerak: [IvyPanda Writing Contest_Familiyangiz].

IvyPanda insholar tanlovining FacebookInstagramTwitter sahifalariga obuna boʻling,like bosing va ijtimoiy tarmoqlaridagi postlarini boshqalar bilan ulashing;

scholarship@ivypanda.com email manziliga “IvyPanda Writing Contest Submission” nomi bilan quyidagi hujjatlarni tartib bilan yuboring:

  • Insho;
  • IvyPanda ijtimoiy sahifalariga obuna boʻlganingizni tasdiqlovchi skrinshot;
  • Tanlov tavsifi koʻrsatilgan postlarning boshqalar bilan boʻlishilgan skrinshotlari;
  • “IvyPanda tanlovi toʻgʻrisida qayerdan bildingiz?” ushbu savolga javob berishingiz.

Eslatma: Har bir ishtirokchi faqat bitta insho yuborishi va bitta sovrin yutishi mumkin.

Inshoni baholash mezonlari bilan tanishing:

  • Foydalanilgan manbalarga berilgan havola - 10 ball;
  • Grammatika, tinish belgilari va imlo - 20 ball;
  • Inshoning tartiblanishiga ko'ra (Organization) - 20 ball;
  • Insho mazmuni va g'oyasi - 20 ball;
  • Insho uslubi - 30 ball.

Insho talablari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Taqdim etilgan barcha ishlar yuqori malakali yozuvchilar va tahrirchilar jamoasi tomonidan aniqlanadi. 

  • Insholarni qabul qilish muddati: 2024-yil 1-martdan 30-iyungacha;
  • Qabul qilingan insholarni tekshirish muddati: 2024-yil 1-iyuldan 31-iyulgacha;
  • Gʻoliblarni eʼlon qilish: 2024-yil 1-avgust;
  • Gʻoliblar https://ivypanda.com/blog/ saytida eʼlon qilinadi;
  • Qoʻshimcha savollar uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin: scholarship@ivypanda.com

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Talaba va o’quvchilar uchun 500-700 so'zli insho yozib $1000 gacha pul mukofoti yutib olish imkoniyati
29 Iyn, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.