Hajviy sheʼrlar uchun umumiy mukofot jamgʻarmasi $3,750 boʻlgan “Werge Flomp Humor Poetry” xalqaro tanlovi
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
31 Mar, 2025 · Muddat tugagan

Hajviy sheʼrlar uchun umumiy mukofot jamgʻarmasi $3,750 boʻlgan “Werge Flomp Humor Poetry” xalqaro tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Winner Writers sayti professional va havaskor shoirlar uchun “Wergle Flomp Humor Poetry Contest” hajviy sheʼrlar tanlovini taqdim etadi.

Tanlov onlayn tarzda boʻlib oʻtadi. Unda barcha ishtirokchilar yoshidan qatʼi nazar bepul qatnashishi mumkin. Bir ishtirokchidan faqat bitta ish qabul qilinadi. Gʻoliblarga pul mukofoti beriladi.

Tanlov hakamlari: Jendi Reyter, yordamchi hakam Loren Singer.

Tanlov haqida batafsil maʼlumotlarni ushbu havola orqali olish mumkin yoki ushbu videoni tomosha qilish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Yoshidan qatʼiy nazar barcha professional va havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin;
  • Sheʼr ingliz tilida hajviy janrda yozilgan, hajmi 250 qatordan oshmagan boʻlishi lozim;
  • Nomzoddan faqatgina bitta sheʼr yuborishi talab etiladi;
  • Boshqa tildan yozilgan hajviy sheʼrlarni tarjima qilib yuborish mumkin.

Eslatma: Boshqa tanlovlarga yuborilgan va chop etilgan sheʼrlar ham qabul qilinadi. Biroq aynan ushbu tanlovda ilgari mukofotga sazovor boʻlgan sheʼrlar qabul qilinmaydi!

Imtiyozlar va qulayliklar

  • 1-oʻrin uchun 2,000 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti, shuningdek dastur homiysi Duotrope tashkiloti tomonidan ikki yillik sertifikat (100 AQSh dollari bahosiga teng) taqdim etiladi;
  • 2-oʻrin uchun 500 AQSh dollari pul mukofoti;
  • 3-oʻrin uchun 250 AQSh dollari pul mukofoti;
  • 10 nafar eng yaxshi sheʼr mualliflariga 100 AQSh dollaridan pul mukofoti taqdim etiladi;
  • 13 ta eng yaxshi deb topilgan sheʼrlar Winning Writers saytida eʼlon qilinadi.

Topshirish jarayoni

  • Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin;
  • Roʻyxatdan oʻtishga doir qoʻshimcha savollar yuzasidan adam@winningwriters.com manziliga murojaat qilish mumkin.

Muhim: Sunʼiy intellekt, xususan, ChatGPT yordamida yozilgan sheʼrlar qabul qilinmaydi.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Tanlov uchun yaratilgan ishlar 2024-yil 15-avgustdan 2025-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi;
  • Natijalar 2025-yil 15-avgustda Winning Writers sayti orqali eʼlon qilinadi;
  • Oʻtgan mavsum gʻoliblarining ishlarini bu yerda oʻqish mumkin.
  • Tez-tez soʻralgan savollarga javob bu yerda.

Muhim tafsilotlar

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

Buyuk Britaniya Hajviy sheʼrlar uchun umumiy mukofot jamgʻarmasi $3,750 boʻlgan “Werge Flomp Humor Poetry” xalqaro tanlovi
31 Mar, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.