- Ishtirok etish faqat tanlovning veb-saytlari orqali amalga oshiriladi. Boshqa yoʻllar bilan yuborilgan arizalar hisobga olinmaydi;
- Har bir ishtirokchi oʻzi yuklagan fotosuratlarni, shuningdek fotosuratlar haqidagi maʼlumotlarni va tavsiflarini shaxsiy foydalanuvchi hisob qaydnomasi orqali boshqarishi mumkin. Yuklash uchun rasmlarning hajmi kamida 1080 x 1080 piksel va fayl hajmi 22 megabaytdan (MB) oshmasligi kerak. JPEG — ruxsat berilgan yagona fayl formati.
- Yuklangan har bir rasm koʻrsatilgan oʻlchamdagi versiyada boʻlishi kerak, tashkilotchi marketing faoliyati doirasida koʻrgazmalarda yoki bosma ommaviy axborot vositalarida nashr etish uchun maʼlum hollarda ishtirokchidan ushbu suratlarni soʻrashi mumkin;
- Ishtirokchilarning oʻzlari yuklamoqchi boʻlgan fotosuratlarga ramkalar, suv izlari yoki bezak qoʻyish kabi dizayn vositalarini ishlatishlari qatʼiyan taʼqiqlanadi. Bunday holatlarda suratlar tanlovdan ogohlantirishsiz chiqarib tashlanadi.
- Tanlov tashkilotchisi mavzu xususiyatlaridan qatʼiy ravishda chetga chiqqan fotosuratlarni oʻchirib tashlash huquqiga ega. Fotosuratlari oʻchirilgan taqdirda ishtirokchilarga xabar berilmaydi. Shuningdek, tashkilotchi taqdim etilgan tarkibga istalgan vaqtda va oldindan eʼlon qilinmasdan oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritish huquqini oʻzida saqlab qoladi;
- Har bir CEWE tanlovi ishtirokchisi hamda unga hamkor tashkilotlar tanlovga qoʻyilgan rasmlardan erkin foydalanish (reklama, nusxa koʻchirish, tarqatish shular jumlasidandir) huquqiga ega boʻladi. Ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etishlari hamda surat yuklashlari ularning ushbu shartga roziliklarini bildiradi;
Eslatma! Ushbu ruxsatnoma taqdim etilgan fotosuratlardan har qanday bosma va raqamli ommaviy axborot vositalarida hamda koʻrgazmalarda, kim oshdi savdolarida foydalanishni oʻz ichiga oladi. Ommaviy axborot vositalarida chop etilishi, ijtimoiy tarmoqlarda ham foydalanilishi mumkin. Boshqa tijorat maqsadlaridan foydalanishda muallif roziligini olish talab etiladi;
- Germaniya jinoyat kodeksining 184-moddasiga muvofiq ishtirokchidan yuborilgan rasm fayllari mazmuni amaldagi taqiqlovchi meʼyorlarni, xususan bolalar pornografiyasini tarqatishga oid qoidalarni buzmasligi talab etiladi. Tashkilotchi qonunbuzarlik, zoʻravonlik, pornografiya, irqchilik yoki boshqa tajovuzkorlikni targʻib qilish bilan bogʻliq boʻlgan yoki raqobatni manipulyatsiya qilishga qaratilgan xabarlarni ogohlantirishlarsiz olib tashlaydi.
- Ishtirokchilar istalgan vaqtda fotosuratlarni shaxsiy foydalanuvchi hisobidan oʻchirib tashlash orqali tanlovdan chiqarishlari mumkin. Hakamlar hayʼati qaror qabul qilganidan soʻng “Gʻoliblar” sahifasida joylashtirilgan fotosuratlar bundan mustasno;
- Fotosuratlarni nashr qilganlik uchun tovon puli toʻlanmaydi;
- Tashkilotchi tomonidan berilgan moddiy yutuqlar yoki voucherlar naqd pul bilan toʻlanmaydi va ularni almashtirish ham mumkin emas;
- Sovrin gʻolibning shaxsan oʻziga taqdim etiladi;
- Yuridik vakolati cheklangan ishtirokchilar oʻzlarining qonuniy vakillaridan ruxsat olishlari shart;
- CEWE xodimlari, ularga hamkor shaxslar va tanlovni tayyorlash va oʻtkazishda ishtirok etadigan boshqa shaxslar ishtirok etishi mumkin emas.
ESLATMA! Fotosuratlarni yuklash ishtirokchining maqbullik shartlarining barchasiga rozi ekanligini bildiradi!
Tarmoqdan foydalanish va muloqot shartlari:
- Aniq va tushunarli, bexato yozing: mintaqaviy shevalarda yozmaslik, jumlalarni toʻliq va aniq yozish talab etiladi. Yozilgan xabar butun Yevropa boʻylab oʻqilishini yodingizdan chiqarmang.
- Muloyim boʻling: muloqot davomida kinoya va bir-birini tushunmaslik har xil tushunmovchiliklarga sabab boʻlib turli kelishmovchiliklar keltirib chiqarishi mumkin. Shunday ekan shaxsiyatga nomunosib soʻzlarni yozishdan saqlaning. Tanqid qilmoqchi boʻlsangiz xolis va muloyimlikni yoddan chiqarmang.
- Oʻzgalarni fikrini hurmat qiling: Fotosuratlaringiz haqida tanqid qilishsa jahl va qoʻpllik qilib javob berishdan qoching va oʻzingiz tanqid qilgan paytingiz ham muloyimlikni saqlang.
- Turli gʻoyalarni tarqatish va targʻib qilish taqiqlanadi!
Qoʻchimcha savollar yuzasidan murojaat uchun:
Tel: +49 (0) 441 404-0
Faks: +49 (0) 441 404-421
Elektron pochta: info@cewe.de
Veb: www.cewe.de