Tavsif
Winner Writers sayti professional va havaskor shoirlar uchun tashkillashtiriladigan navbatdagi xalqaro hajviy sheʼrlar tanlovining 21-mavsumini eʼlon qiladi. Tanlovda dunyo boʻylab barcha yoshdagi ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov onlayn tarzda boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar oʻzlarining hajviy janrda yozilgan ingliz tilidagi sheʼrlarini taqdim etishlari va katta pul mukofotlariga ega boʻlishlari mumkin. Umumiy mukofot jamgʻarmasi $3500 ni tashkil qiladi. Bundan tashqari, alohida eʼtirof etilgan shoirlar ishlari ham munosib taqdirlanadi.
Tanlovda taniqli shoir Jendi Reyter va Loren Singer birgalikda hakamlik qiladi Tanlovda qatnashish mutlaqo bepul. Tanlovning avvalgi mavsum gʻoliblari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.