Tavsif
Islamic Cooperation Youth Forum(ICYF) Ramadan Contest — Islom Hamkorligi Tashkiloti(IHT)ning bir qismi, xalqaro tashkilot boʻlgan Islom Hamkorligi Yoshlar Forumi (IHYF) Ramazon Tanloviga yoshlarni oʻzlarining ijodiy ishlarini taqdim etishga chaqiradi.
Tanlovning bu yilgi mavzusi: “Ramazon: muqaddas oy mening nazdimda” (“Ramadan: What The Holy Month Means To Me”)
2023-yilgi IHYF Ramazon Tanlovida qatnashish uchun butun dunyo musulmonlari Ramazon oyi xotiralarini aks ettirgan qisqa videolarbi(reels) oʻzlarining Instagram va Facebookda chop etishlari va ostiga tanlovning bu yilgi mavzusini yozishlari kerak.
Tanlov tashkil etilishidan bosh maqsad musulmonlarni oʻz jamiyatlariga namunali yosh yetakchi va faol aʼzolar sifatida xizmat qilib, ularni ezgu ishlarga va savob amallarga undashdir.
Tanlov haqida batafsil maʼlumot bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.