“Mustaqil Oʻzbekistonda mening huquqlarim” shiori ostida huquqiy ijodiy tanlov
O‘zbekiston O‘zbekiston
09 Sen, 2022 · Muddat tugagan

“Mustaqil Oʻzbekistonda mening huquqlarim” shiori ostida huquqiy ijodiy tanlov

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan joriy yilning 10-avgustidan 10-sentyabrigacha “Mustaqil Oʻzbekistonda mening huquqlarim” shiori ostida huquqiy ijodiy tanlov eʼlon qilinadi.

Tanlovga materiallar quyidagi yoʻnalishlarda taqdim etilishi mumkin:

  • badiiy publitsistika (ocherk, esse va boshqa);
  • tasviriy sanʼat (portret, peyzaj va boshqa);
  • media mahsulot (foto, audio va video materiallar).

Tanlov barcha uchun ochiq. Mukofot - velosiped va diplom.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlov gʻolibi velosiped hamda diplom bilan taqdirlanadi.

Topshirish jarayoni

Tanlovga materiallar 10-sentyabrgacha @mustaqilliktanlovibot telegram boti orqali qabul qilinadi.

Materiallarni baholash va gʻolibni aniqlashda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:

  • mavzu mohiyatini toʻgʻri tushunganlik;
  • holatni yoritishda taʼsirchan ifoda;
  • original yondashuv.

Qo'shimcha ma'lumot

Qo'shimcha axborot uchun: Adliya vezirligining telegram kanali

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston “Mustaqil Oʻzbekistonda mening huquqlarim” shiori ostida huquqiy ijodiy tanlov
09 Sen, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.