“Najot Taʼlim” markazi Prezidentimizning qaroriga asosan qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida 200 ta grant eʼlon qiladi. “Najot Taʼlim” bu dasturlash, dizayn va marketing kabi zamonaviy kasblar oʻrgatiladigan markaz.
Ushbu grantda “Kelajak kasblari” loyihasining talablariga mos boʻlgan yoshlar qatnashishi mumkin. Grant yutgan oʻquvchilarga “Najot taʼlim” markazi tomonidan tanlagan yoʻnalishiga qarab, 1 yilgacha boʻlgan muddatda “Kelajak kasblari” boʻyicha belgilangan mablagʻ ajratiladi. "Kelajak kasblari" loyihasi doirasida dasturlash, grafik dizayn va SMM yo'nalishlaridan birida 1 yilgacha bo'lgan muddatda bepul ta'lim olishadi.
Grantlardan 100 tasi Toshkent filiali va qolgan 100 tasi Urganch filiali uchun ajratilgan. Dasturda faqatgina maʼlum bir toifaga tegishli yoshlar qatnashishi mumkin.
Najot Taʼlim nomzodlarni kirish imtihoni orqali saralab oladi. Imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar bilan 1 yilgacha grantda oʻqish uchun shartnoma tuziladi. Grantga nomzodlar IQ va ingliz tilidan imtihon asosida qabul qilinadi. Imtihonlar Toshkent, Urganch va Nukusda boʻlib oʻtadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Shuningdek, dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi toifalardan biriga kirishlari lozim:
Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:
Dasturning foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Dastur haqida ushbu telegram kanal orqali ham maʼlumot olish mumkin.
“Kelajak kasblari” loyihasi haqida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali batafsil maʼlumot olish mumkin: