Najot Taʼlim va Cambridge LC oʻquv markazlari hamkorligidagi grafik dizayn, dasturlash va ingliz tili kurslarini oʻqish uchun “Kelajak yoshlari” taʼlim granti
O‘zbekiston O‘zbekiston
27 Fev, 2026 · Muddat tugagan

Najot Taʼlim va Cambridge LC oʻquv markazlari hamkorligidagi grafik dizayn, dasturlash va ingliz tili kurslarini oʻqish uchun “Kelajak yoshlari” taʼlim granti

Amaliyot Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

“Najot Taʼlim” va “Cambridge LC” oʻzaro hamkorlikda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga qadam qoʻyishida koʻmaklashish maqsadida “Kelajak yoshlari” nomli taʼlim grantini davom ettiradi.

Ushbu taʼlim granti orqali yoshlarga ingliz tili hamda ITʼning dasturlash va grafik dizayn yoʻnalishlari boʻyicha 1 yil davomida mutlaqo bepul taʼlim berish reja qilingan.

Mazkur dastur 2,8 mlrd soʻmlik taʼlim granti orqali 100 nafar yigit-qizni oʻqitishga moʻljallangan. Bunda 60 ta Toshkent filiali va 20 ta Fargʻona filiali va 20 ta Samarqand filiali uchun grantlar ajratilgan.

“Najot Taʼlim” va “Cambridge LC” jamoalari ushbu xayrli ishdan hech qanday moddiy manfaat koʻzlamagan holatda, oʻz qadriyatlaridan kelib chiqib, millat va vatan oldidagi burchi oʻlaroq amalga oshirmoqda!

Ushbu xayriya aksiyasi har yili Ramazon oyida boshlanib, Ramazon oyida tugaydi. Grant uchun roʻyxatdan oʻtish 27-fevralgacha davom etadi. Natijalar Ramazon hayitidan soʻng eʼlon qilinadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • “Kelajak yoshlari” grantida respublikamizning istalgan hududida istiqomat qiluvchi 16 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlar ishtirok etish huquqiga ega.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlab olingan 100 ta oʻquvchi 2,8 mlrd soʻmli taʼlim granti orqali 1 yil mobaynida IT (grafik dizayn, dasturlash) va ingliz tili kurslarida tekin oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.

Topshirish jarayoni

Talabgorlar motivatsion xat va suhbat orqali “Najot Taʼlim” va “Cambridge LC” markazlari tomonidan saralab olinadi.

Hujjat topshirish uchun arizani toʻldirish kerak.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 16, Max: 24

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Najot Taʼlim va Cambridge LC oʻquv markazlari hamkorligidagi grafik dizayn, dasturlash va ingliz tili kurslarini oʻqish uchun “Kelajak yoshlari” taʼlim granti
27 Fev, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.