Tavsif
Najot Taʼlim tomonidan 16-28 yosh oraligʻidagi Xorazm, Fargʻona va Samarqand yoshlari uchun SMM sohasi boʻyicha grant taqdim etiladi.
Grantlar soni 30 ta boʻlib, nomzodlar “Najot Taʼlim” jamoa aʼzolari tomonidan onlayn suhbat asosida saralab olinadi.
Dastur Najot Taʼlim, Robbit, Lola animation, Edfix loyihalariga kadr tayyorlash, eng yaxshi bitiruvchilarni jamoa aʼzosiga aylantirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Roʻyxatdan oʻtish 28-oktyabrdan 9-noyabrgacha davom etadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.