Namangandagi Amerika burchagidan yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun P2P volontyorlik dasturi
O‘zbekiston O‘zbekiston
24 May, 2024 · Muddat tugagan

Namangandagi Amerika burchagidan yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun P2P volontyorlik dasturi

Volontyorlik Bepul ishtirok

Tavsif

Namangandagi Amerika burchagi (American Corner Namangan) yetakchilik qobiliyatiga ega va ingliz tilini yaxshi biladigan yoshlar uchun P2P (Peer-to-Peer) volontyorlik dasturini taqdim etadi.

Dastur Namangandagi Amerika burchagida 6 oy davom etadi va 2024-yil 1-iyunda boshlanishi rejalashtirilgan. Ishtirokchilar dastur davomida maxsus treninglarda qatnashib muloqot qilish, jamoada ishlash va oʻz-oʻzini rivojlantirish koʻnikmalarini oshiradilar.

Dasturdan asosiy maqsad yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlarni izlab topish, ularni ragʻbatlantirish va volontyorlik sohasida unutilmas tajribaga ega boʻlish imkoniyatini berishdan iborat.

Maʼlumot uchun: Namangandagi Amerika burchagi (American Corner Namangan) AQShning Toshkentdagi elchixonasi Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika kengashlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Burchak turli resurslarga boy zamonaviy kutubxonadan bepul foydalanish imkonini beradi. Unda turli tadbirlar oʻtkazishga moʻljallangan maydoncha, elektron va anʼanaviy kitoblar, ingliz tilidagi bir qator taʼlim va madaniy manbalar, internetga ulangan kompyuterlar mavjud. Bu yerda, shuningdek, Amerika Qoʻshma Shtatlarida oʻqishni istovchi bakalavr va magistratura talabalariga bepul maslahat xizmatlarini koʻrsatuvchi “EducationUSA” maslahat markazi joylashgan. Burchakda amerikalik mutaxassislar ishtirokida maʼruzalar tashkil etiladi, ingliz tilidagi filmlar namoyish etiladi va turli mavzularda suhbatlar etiladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda volontyorlik va yetakchilik mahoratini oshirishni istagan barcha qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (sertifikat soʻralmaydi);
  • Nomzod dastur uchun haftasiga kamida 6 soat vaqt ajratishi kerak;
  • Volontyorlik tajribasiga va videolarni tahrirlash qobiliyatiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.

Ishtirokchilardan quyidagilar talab qilinadi:

  • Tashrif buyuruvchilarni kutib olish va roʻyxatga olish;
  • Mehmonlarga kutubxona va burchakdagi texnologik qurilmalaridan foydalanishga yordam berish;
  • Maʼmuriy vazifalarni bajarishda yordam berish;
  • Ingliz tili dasturlarini tashkil qilish va yuritish.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Ingliz tili koʻnikmasini yanada oshirish imkoniyati;
  • Dasturni muvaffaqiyatli bitirganlarga sertifikat va tavsiyanoma beriladi;
  • Ishtirokchilar turli tadbir va treninglarda ishtirok etishlari mumkin.

Topshirish jarayoni

Qabul jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

1-bosqich: Onlayn ariza topshirish. Unda nomzod oʻzi haqidagi shaxsiy maʼlumotlarni kiritadi va dastur boʻyicha savollarga javob beradi.

2-bosqich: Suhbat. Bunda saralanganlar bilan suhbat oʻtkaziladi.

Ariza topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • Nomzodning volontyorlik boʻyicha tajribasi;
  • Dastur boʻyicha savollar:
    1. What kind of qualities and skills can you bring to the ACN and to the P2P program? (150 ta soʻz);
    2. Why do you want to participate in this program? (150 ta soʻz).

Muhim: Soʻrovnoma toʻliq ingliz tilida toʻldirilishi kerak.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Volontyorlik

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Namangandagi Amerika burchagidan yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun P2P volontyorlik dasturi
24 May, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.