Tavsif
8th Annual CineSpace Short Film Competition - NASA va Houston Cinema Arts Society (HCAS) 2022-yilgi CineSpace Xalqaro Qisqa Metrajli Filmlar Tanloviga ijodiy ishlarni qabul qila boshladi. Butun dunyo kinoijodkorlari oʻz ishlarini Tongal kontent yaratish platformasiga yuborish imkoniyatiga ega.
Filmlar har qanday janrda va har qanday mavzuda boʻlishi mumkin. NASA tomonidan ilhomlantirilgan noyob kino durdonalarini yaratish uchun filmning kamida 10% qismida NASA arxiv tasvirlaridan foydalanish kerak boʻladi.
Gʻoliblar 2022-yilgi Houston Cinema Arts Festivali doirasida 2022-yil oktyabr oyida eʼlon qilinadi va taqdirlanadi.
Tanlov haqida batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.