Tavsif
Niderlandiyaning Utrecht universiteti iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlovchi Utrecht Excellence Scholorship Law, Economics and Governance International Talent Scholarship (UES-LEGITS) grant dasturiga taklif etadi. Grant dasturi universitetning 2022-yil sentyabrdan boshlanadigan huquq, iqtisod va boshqaruv yoʻnalishlaridagi magistrlik dasturlariga qabul qilingan yuqori salohiyatli talabalarga taqdim etiladi.
Grant dasturiga barcha davlat fuqarolari hujjat topshirishlari mumkin. Har yili taxminan 6 nafar yuqori akademik salohiyatga ega va tanlagan sohasidagi potensiali yuqori boʻlgan talabalarga taqdim etiladi.
Grant dasturiga hujjat topshirish uchun talaba ingliz tilida oʻqitiladigan huquq, iqtisod va boshqaruv fakulteti tomonidan taqdim etiladigan yoʻnalishlarning magistrlik dasturlaridan biriga hujjat topshirishi kerak boʻladi.
Grant sohiblari magistrlik darajasida oʻqish toʻlovidan toʻliq ozod etiladi va qoʻshimcha mablagʻ bilan taʼminlanadi.