Tavsif
Niderlandiyaning eng qadimgi va eng katta universitetlaridan biri Delft texnologiya universiteti magistratura bosqichini oʻqimoqchi boʻlgan xalqaro talabalar uchun NL Scholarship grantini taqdim etadi. Universitetdagi har bir fakultet uchun 4 tadan grant ajratilishi rejalashtirilgan.
Dasturdan asosiy maqsad ilgʻor fikrli va qobiliyatli yoshlarni mamlakatga jalb qilish, shuningdek, ularning muvaffaqiyat qozonishiga yaqindan yordam berish hisoblanadi.
Grant quyidagi yoʻnalishlarga beriladi:
- Aerospace Engineering;
- Applied Mathematics;
- Architecture, Urbanism and Building Sciences;
- Computer Science;
- Computer & Embedded Systems Engineering;
- Design for Interaction;
- Electrical Engineering;
- Integrated Product Design;
- Management of Technology;
- Strategic Product Design.
Maʼlumot uchun: NL Scholarship granti (ilgari Gollandiya stipendiyasi sifatida tanilgan) Niderlandiyada bakalavr yoki magistr darajasini olishni xohlovchi Yevropa iqtisodiy hududi (EEA) dan tashqaridagi xalqaro talabalar uchun moʻljallangan. Dastur Niderlandiya taʼlim, madaniyat va fan vazirligi hamda Niderlandiya tadqiqot universitetlari va amaliy fanlar universitetlari tomonidan moliyalashtiriladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.