Dasturda quyidagi yozgi kurslar mavjud:
- Public International Law kursi 2025-yil 7-25-iyul kunlari oʻtkaziladi;
- Private International Law kursi 2025-yil 28-iyul-15-avgust kunlari oʻtkaziladi.
Dasturda grant asosida roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagilar talab qilinadi:
- Eng avvalo, dastur shartlari bilan tanishib chiqish lozim;
- Ariza topshirishdan avval barcha hujjatlarni tayyorlab olish kerak;
- Pasport yoki ID karta nusxasi;
- Shaxsiy rasm;
- Agar nomzod hali ham talaba boʻlsa universitetda tahsil olayotganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma soʻraladi;
- Agar nomzod ishlayotgan boʻlsa ish joyidan maʼlumotnoma talab qilinadi;
- Nomzodning universitetdan olgan ilmiy darajasini isbotlovchi diplom yoki uning nusxasini topshirish kerak. Agar nomzod hali universitetni tamomlamagan boʻlsa baholar transkripsiyasi kerak boʻladi;
- CV (rezyume);
- 1,5 betdan koʻp boʻlmagan kompyuterda yozilgan motivatsion xat;
- Xalqaro huquq sohasi professori tomonidan berilgan tavsiyanoma. Tavsiyanoma uni yozgan professorning shaxsan oʻzi tomonidan ushbu havola orqali elektron manzilga joʻnatilishi zarur.
Dasturda oʻz hisobidan qatnashadiganlardan quyidagilar talab qilinadi:
- Eng avvalo dastur shartlari bilan tanishib chiqish lozim;
- Ariza topshirishdan avval barcha hujjatlarni tayyorlab olish kerak;
- Pasport yoki ID karta nusxasi;
- Shaxsiy rasm;
- Agar nomzod hali ham talaba boʻlsa oʻqishga qabul qilinganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma soʻraladi;
- Agar nomzod ishlayotgan boʻlsa ish joyidan maʼlumotnoma talab qilinadi;
- Nomzodning universitetdan olgan ilmiy darajasini isbotlovchi diplom yoki uning nusxasini topshirish kerak. Agar nomzod hali universitetni tamomlamagan boʻlsa baholar transkripsiyasi kerak boʻladi.
Eslatma! Nomzod grant yoki oʻz hisobidan qatnashishiga qarab soʻraladigan hujjatlar farq qilishi mumkin. Agar topshirilayotgan hujjat ingliz yoki fransuz tilida boʻlmasa uni ingliz yoki fransuz tillaridan biriga tarjima qilish soʻraladi. Tarjima rasmiy boʻlishi lozim. Ariza natijalari 2-4 hafta ichida eʼlon qilinadi.
Ariza topshirish jarayonida quyidagilarga eʼtibor berish lozim:
- Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 1-noyabrdan boshlanadi;
- Oxirigacha yakunlanmagan ariza shakli qabul qilinmaydi;
- Roʻyxatdan oʻtish jarayoni va dastur uchun foydalanilgan barcha e-mail manzillari bir xil boʻlishi kerak;
- Ariza shaklini faqatgina bir marta onlayn shaklda toʻldirish soʻraladi. Bir martadan ortiq toʻldirilgan yoki oflayn shaklda joʻnatilgan arizalar qabul qilinmaydi;
- Rasmdan tashqari, ariza uchun joʻnatilgan barcha hujjatlar pdf shaklida boʻlishi lozim;
- Ariza topshirish jarayonida muammolar yuzaga kelgan taqdirda boshqa internet brauzeri orqali urinib koʻrish tavsiya qilinadi.
Dasturga ariza topshirish haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.