Tavsif
Niderlandiyaning xalqaro huquq boʻyicha nufuzli oʻquv dargohlaridan biri The Hague Academy of International Law akademiyasi huquq sohasi boʻyicha oʻqiyotgan yoki ishlayotganlar uchun yozgi kurslarni taqdim etadi.
Ushbu kurs davomida ishtirokchilar quyidagi sohalar boʻyicha oʻz bilim va koʻnikmalarini mustahkamlashlari mumkin:
- Public International Law;
- Private International Law.
Yozgi kurslar toʻliq 3 hafta davom etadi. Ushbu muddat davomida ishtirokchilar 6 xil mavzuni qamrab olgan darslarda ishtirok etish bilan birga, tushdan keyingi seminar va tajribali mutaxassislar tomonidan olib boriladigan maʼruzalarda ham qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.
Avvalgi yillarda ushbu dasturda Oʻzbekistondan jami 9 nafar ishtirokchilar qatnashishgan. Batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olishingiz mumkin.
Ushbu yozgi kursda ishtirok etish pullik, ammo ishtirokchilarning 15%i uchun grantlar ajratilgan boʻlib, ushbu dasturga qabul qilingan nomzodlar kurslarda bepul ishtirok etish bilan birga, ularga safar va turar joy xarajatlari uchun moliyaviy yordam beriladi.