Umumiy maʻlumotlar
Niderlandiyadagi Top 10talik universitetlar ro'yxatiga kiruvchi Radboud University akademik jihatdan iqtidorli xalqaro talabalarga Radboud Encouragement Scholarship grant dasturini taqdim etadi. Grant ingliz tilida o'qitiladigan magistrlik dasturlari (Erasmus Mundus va qo'shma magistrlik dasturlari bundan mustasno) uchun amal qiladi.
Grant sohibi magistratura darajasida o'qish to'lovidan to'liq ozod etiladi va yashash xarajatlarini qoplash uchun mablag' bilan ta'minlanadi.
2023-2024-o'quv yili uchun jami 7 ta fakultet bo'yicha 26 ta grant mavjud:
- San'at fakulteti (1)
- Huquq fakulteti (9)
- Tibbiyot fanlari fakulteti (1)
- Nijmegen boshqaruv maktabi (2)
- Falsafa, ilohiyot va diniy fakultet (1)
- Ilm-fan fakulteti (10)
- Ijtimoiy fanlar fakulteti (2).
Maqbullik shartlari
- Nomzod YI (Yevropa Ittifoqi)/YIH (Yevropa Iqtisodiy Hududi)ga kirmagan mamlakat fuqarosi bo'lishi kerak;
- Bakalavr darajasini Niderlandiyadan boshqa davlatda tamomlagan bo'lishi kerak;
- 2023-yil 1-sentyabrdan boshlanuvchi ingliz tilida o'qitiladigan magistrlik darajasida o'qishga qabul qilingan va to'liq ro'yxatdan o'tgan bo'lishi kerak;
- Magistratura dasturi bo'yicha so'ralgan ingliz tili talabini qondirishi kerak;
- Nomzodga universitetda o'qish uchun moliyaviy ko'mak zarur bo'lishi kerak.
Grant dasturi haqida batafsil ma'lumot bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.
Foydali tomonlari
Grant quyidagi xarajatlarni to'liq qoplaydi:
- Kontrakt to'lovining tax. 85% qoplaydi, ya'ni 2,209 evrogacha pasaytiradi (masalan, 2022/2023 yilda grant sohibi 16,000 evro o'rniga atigi 2,209 evro o'qish to'lovini to'laydi);
- Viza olish xarajatlari;
- Niderlandiyada yashash uchun ruxsatnoma, tibbiy sug'urta va javobgarlik sug'urtasi (Aon Student Insurance) xarajatalari.
Grant dasturining manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.
Hujjat topshirish
Grant dasturiga hujjat topshirish uchun avval tanlangan magistrlik dasturiga ariza topshirish lozim.
- Studielink portalida ariza berish uchun ro'yxatdan o'tiladi (ariza to'lovi €75) va grant dasturi doirasidagi ingliz tilida o'qitiladigan magistrlik dasturiga ariza topshiriladi.
- OSIRIS tizimi orqali barcha talab etilgan hujjatlar ingliz, nemis yoki golland tilidagi tarjimasi (agar ko'rsatilgan tillarda bo'lmasa) bilan yuklanishi kerak.
Kerakli hujjatlar:
- Bakalavr diplomi nusxasi;
- Akademik transkript (bakalavr baholari);
- Motivatsion xat (1 betdan oshmasligi kerak);
- CV;
- Til bilish sertifikati;
- Tavsiyanoma (ko'rsatmadan foydalanish mumkin);
- Bakalavr darajasida o'qigan fanlar ro'yxati (ushbu namunadan foydalanish mumkin).
Eslatma: tanlangan magistrlik dasturlariga qarab talab etiladigan hujjatlar o'zgarishi mumkin.
OSIRIS tizimda nomzodning Radboud Encouragement Scholarship grant dasturiga da'vogarlik qilishi ko'rsatilgandan so'ng qo'shimcha 2ta tavsiyanoma, CV (magistrlik dasturiga topshirilgan tavsiyanomalar va CV ni yuklash mumkin) va grant uchun motivatsion xat talab etiladi.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Grant uchun tanlov natijalari haqida 2023-yil aprel oyining o'rtalarida xabar beriladi.
Grant uchun tanlov me'zonlari:
Akademik salohiyat
- O'qish sohasidagi ajoyib natijalar, masalan, baholar, test ballari, nashrlar orqali:
- Tugallangan bakalavr dasturining magistrlik dasturiga aloqadorligi.
- Bakalavr darajasini tamomlagan universitet reytingi.
Kuchli ishtiyoq
- Ikkita motivatsion xatning sifati va dolzarbligi (biri magistratura dasturi uchun, ikkinchisi esa grant uchun);
- Oldingi yutuqlar, tegishli o'qish sohasidagi ishlari;
- Hayotiy tajriba va/yoki darsdan tashqari mashg'ulotlar, masalan, amaliyot dasturlari yoki volontyorlik.
Tavsiyanomalar
- Ikkita tavsiyanomaning sifati.
Nomzodning dasturga bo'lgan qiziqishi
- Grant uchun taqdim etilgan motivatsion xat magistrlik dasturi uchun berilgan motivatsion xatdan farqli bo'lishi kerak. Grant uchun taqdim etilgan motivatsion xatda nomzodga nima uchun Radboud universitetida o'qish uchun grant kerakligi aniq ko'rsatilib berilishi lozim.
Qo'shimcha ma'lumot uchun rasmiy saytning shu qismida berilgan kontakt ma'lumotlaridan yoki scholarships@ru.nl. manzilidan foydalanish mumkin.