Tavsif
Xitoyning eng nufuzli Harbin Institute of Technology oliygohida magistratura yoki doktorantura darajalarida oʻqimoqchi boʻlgan xorijlik talabalar Chinese Government Scholarships Program grant dasturiga hujjat topshirishlari mumkin.
Grant dasturi talabaning roʻyxatdan oʻtish badali, oliygohda oʻqish toʻlovi va yotoqxona toʻlovlarini qoplab beradi. Shuningdek, tibbiy sugʻurta va oylik stipendiya bilan taʼminlanadi.
Harbin Institute of Technology tomonidan taqdim etiladigan ingliz yoki xitoy tilida oʻqitiladigan magistratura yoki doktorantura dasturlariga qabul qilingan talabalar hujjat topshirishlari mumkin
Xitoy tilida oʻqitiladigan magistratura dasturlari.
Ingliz tilida oʻqitiladigan magistratura dasturlari.
Xitoy tilida oʻqitiladigan doktorantura dasturlari.
Ingliz tilida oʻqitiladigan doktorantura dasturlari.