Nukus shahri yoshlari uchun IT Park, TATU Nukus filiali va YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori bilan birgalikda tashkil etilayotgan “IDEATHON” startap gʻoyalar tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
08 Noy, 2021 · Muddat tugagan

Nukus shahri yoshlari uchun IT Park, TATU Nukus filiali va YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori bilan birgalikda tashkil etilayotgan “IDEATHON” startap gʻoyalar tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Nukus shahri yoshlari uchun IT Park, TATU Nukus filiali va YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori bilan birgalikda tashkil etilayotgan “IDEATHON” startap gʻoyalar tanlovi. 

Startap gʻoyalar tanloviga 16 yosh va undan katta bo‘lgan yoshlar sun'iy intellekt, tibbiyot, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, qurilish, ta'lim, ijtimoiy himoya, aholi bandligi yo‘nalishlari bo‘yicha qatnashishlari mumkin. Ishtirokchilar 12-13 noyabr kunlari jamoalari bilan yuqoridagi yoʻnalishlardan birini tanlab innovatsion loyihaning gʻoyasini ishlab chiqishlari kerak. 

Tanlovda 3 kishigacha boʻlgan aʼzolar bilan yoki yakka ariza qoldirib Ideaton davomida jamoa topib ishtirok etishish mumkin.

Eslatma: “IDEATHON” — ishtirokchilar muayyan muammoni hal qilish va uni bir yoki ikki kun ichida minimal hayotiy mahsulotga aylantirishlari kerak boʻlgan tanlov.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • 16 yosh va undan katta boʻlgan nukuslik yoshlar ishtirok etishlari mumkin;
  • Gʻoyalar sunʼiy intellekt, tibbiyot, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi, qurilish, taʼlim, ijtimoiy himoya, aholi bandligi yoʻnalishlari boʻyicha topshirilishi kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlov gʻoliblari qimmatbaho sovgʻalar, sertifikatlar va startap gʻoyalarini ishlab chiqish tajribasiga ega boʻladilar.

Topshirish jarayoni

  • Tanlovda ishtirok etish uchun 9-noyabrgacha ushbu link orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.
  • Tanlov shartlari va qo‘shimcha ma'lumotlar bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

“IDEATHON” haqida batafsil IT Park Uzbekistan telegram kanalidan kuzatib borish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 16

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Nukus shahri yoshlari uchun IT Park, TATU Nukus filiali va YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori bilan birgalikda tashkil etilayotgan “IDEATHON” startap gʻoyalar tanlovi
08 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.