Tavsif
The David and Molly Pyott Foundation Scholarships in Ophthalmology - Edinburg Universitetining Master of Surgery(ChM) darajasini taqdim etuvchi klinik oftalmologiya boʻyicha 2 yillik onlayn dasturiga qabul qilingan talabalar uchun stipendiya dasturi hisoblanadi.
Stipendiya dasturi talabaning toʻliq oʻqish xarajatini qoplaydi hamda noutbuk va internet xizmatlari uchun mablagʻ ajratadi.
Stipendiya uchun 9 nafar nomzod yuqori akademik salohiyati va oʻz mamlakatida oftalmologiya va koʻz parvarishi sohalarini rivojlantirishga hissa qoʻshishga harakati va rejalariga asosan saralanadi. Natijalar 2024-yil iyul oyi oxirida eʼlon qilinadi. Grant yutish uchun avval magistratura dasturiga hujjat topshirish kerak. Grant uchun alohida ariza beriladi.
Master of Surgery(ChM) in Clinical Ophthalmology onlayn dasturi haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Stipendiya dasturi haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.