Oksford universitetida bakalavriat bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkonini beruvchi Ellison Scholars Programme dasturi
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
31 Iyl, 2025 · Muddat tugagan

Oksford universitetida bakalavriat bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkonini beruvchi Ellison Scholars Programme dasturi

Bakalavr To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Ellison Institute of Technology (Ellison Texnologiya Instituti) tomonidan Buyuk Britaniyaning nufuzli Oksford universitetida bakalavriat bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkonini beruvchi Ellison Scholars Programme dasturi taqdim etiladi. Dastur uchun taxminan 20 nafar talaba saralab olinadi.

Innovatsion loyihalar global muammolarni texnologiya orqali hal qilishga qaratilgan. Dastur insonparvarlik harakatlari doirasida muayyan loyihalarga sezilarli hissa qoʻshish uchun koʻnikma va qobiliyatlarga ega boʻlgan ajoyib isteʼdodlarni izlamoqda. Aniq loyihalar talabalar dasturga kirganlarida aniqlanadi. Grant gʻoliblari universitetdagi oʻqishlari bilan bir qatorda yil davomida loyiha ustida ishlaydi (Universitet taqdim etadigan yozgi taʼtilda ham loyiha ustida ishlashda davom etishadi). Dunyoning yetakchi universitetlaridan birida bakalavriat bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish va real muammolarni texnologiya orqali hal qilish uchun dunyoning yetakchi mutaxassislari bilan yelkama-yelka ishlash ushbu dasturning ajralib turadigan xususiyatidir.

Loyihalar kompyuter fanlari, sunʼiy intellekt, matematika va statistika, robototexnika, oʻsimlikshunoslik, mashinasozlik, kimyo va kimyo muhandisligi, biologiya va molekulyar biologiya, muhandislik, fizika/yadro fizikasi, tibbiyot va mikrobiologiya hamda boshqa sohalar boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlishadi.

Maʼlumot uchun: Dastur va dastur doirasida amalga oshiriladigan loyihalar Ellison Institute of Technology (Ellison Texnologiya Instituti) tomonidan ishlab chiqilgan. Institut innovatsion loyihalari toʻliq rivojlanishni, tadqiqot va kashfiyotlarni amaliy yechimlarga aylantirish hamda ularni global taʼsir qilish darajasini kengaytirishni ragʻbatlantiradi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Butun dunyo boʻylab dasturga qiziqqan barcha qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (til bilishga qoʻyilgan talab yoʻnalishga qarab farqlanadi):
    • IELTS — 7.5 (har bir boʻlim uchun minimal 7.0);
    • TOEFL — 110.
  • Oksford universiteti tomonidan qabul qilingan oʻrta maʼlumot/oʻrta maktabni tugatganlik toʻgʻrisidagi diplom yoki sertifikatga ega boʻlish lozim;
  • Nomzod tanlagan bakalavriat bosqichiga kirish talablariga javob berishi kerak.

Saralash mezonlari:

Nomzoddan talab qilinadigan qobiliyatlar:

  • Akademik yutuqlar;
  • Oʻz sohasiga boʻlgan ishtiyoq;
  • Qatʼiyat;
  • Kuchli muloqot qobiliyati;
  • Atrofdagilarga taʼsir oʻtkazish va motivatsiya berish;
  • Loyiha uchun ishonchli hamkor boʻlish.

Eslatma: Dasturga ariza topshirish bilan bir qatorda boshqa dastur va universitetlarga hujjat topshirishga ruxsat beriladi. Hozirda Oksford universiteti tomonidan qabul qilinmagan oʻrta maktabni tamomlagan yoki oʻqiyotgan ishtirokchilar dasturga ariza topshirishlari mumkin. Chunki dastur Oksford universitetiga kirishga yordam beradigan muqobil yoʻllarni oʻrganish uchun munosib tanlovlarni taqdim etadi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Oʻqish toʻlovlari toʻliq moliyalashtiriladi;
  • Turarjoy, oziq-ovqat xarajatlari, oʻqish uchun qoʻshimcha yashash xarajatlari va innovatsion loyihalar ustida ishlash uchun mablagʻ ajratiladi (oylik toʻlanadi);
  • Oʻqish uchun zarur yangi texnologiyani sotib olish va dasturga oid har qanday qoʻshimcha sayohat xarajatlari qoplanadi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Muhim: Hujjat topshirishdan oldin roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy akkaunt yaratish lozim. Shundan soʻng kerakli yoʻnalishni tanlash va savollarga aniq va toʻliq javob berish talab qilinadi.

Ariza topshirish bilan bogʻliq har qanday savol bilan scholars.applications@eit.org elektron pochta manziliga murojaat qilish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Bakalavr

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 7.5

Buyuk Britaniya Oksford universitetida bakalavriat bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkonini beruvchi Ellison Scholars Programme dasturi
31 Iyl, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.