Tavsif
Clarendon granti har yili dunyoning turli burchaklaridan boʻlgan bakalavr bosqichini tamomlagan turli soha vakillari uchun toʻliq moliyalashtiriladigan grantni eʼlon qiladi.
Grant magistratura va doktorantura bosqichini Oksford universitetida oʻqish imkonini yaratib beradi. Shuningdek, ishtirokchilar nafaqat uzluksiz taʼlim (full-time), balki sirtqi taʼlim (part-time) shaklida oʻqish uchun ham ariza topshirish imkoniga egalar. Oksford dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri hisoblanadi. Clarendon granti eʼlon qilingan yil, yaʼni 2001-yildan boshlab 2,500 dan ortiq nomzodlar grant sohibiga aylangan. Ushbu dastur nomzodlarga nafaqat hayotlarida burilish nuqtasini yasovchi Oksford universitetida oʻqish imkonini, balki jamiyatda uzoq davom etadigan ijtimoiy, akademik va professional aloqalarni oʻrnatishga yordam beradi.
2026-yilgi mavsum uchun dasturga 200 dan ortiq nomzodlar saralab olinadi. Yanvar oyigacha Oksford universitetiga hujjat topshirganlar Clarendon granti uchun alohida ariza topshirishlari shart emas, yaʼni avtomatik ravishda grant nomzodiga aylanishadi. Dastur ishtirokchilarining oʻqish kontrakti va boshqa xarajatlari toʻliq qoplab beriladi, shuningdek, talabalar maʼnaviy jihatdan ham qoʻllab-quvvatlanadi. Grant sohiblari oʻqish mobaynida stipendiyani ham qoʻlga kiritishadi.
Dasturga ariza qabuli qilish 2026-yil yanvar о'rtalarigacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.