Tavsif
Ertegun Graduate Scholarship grant dasturi Oksford universitetida magistratura va doktoranturani gumanitar fanlar boʻyicha toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyatini beradi. Ushbu grant ajratilishidan asosiy maqsad — taniqli olim Mica Ertegunning missiyasini amalga oshiradigan eng yaxshi talabalarni tanlash va oʻzlari tanlagan sohalarida yetakchi boʻlishiga undashdir.
Dastur juda kuchli raqobat ruhida boʻlib, har yili 1,500 dan ziyod talabalar ariza topshiradilar. 2024-2025 oʻquv yili uchun ushbu grant 15 nafar nomzodga berilishi koʻzda tutilgan.
Dasturga barcha davlat fuqarolari hujjat topshirishi mumkin.
Grant dasturi talabaning oʻquv kontrakt toʻlovini toʻliq qoplaydi va yashash xarajatlari uchun ham yillik stipendiya bilan taʼminlaydi.
Dasturga ariza topshirishning oxirgi muddati: 2024-yil 5-yanvar.
Ertegun Graduate Scholarship dasturi haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.