Umumiy maʻlumotlar
Dunyoga mashhur Oksford universitetining Saïd Business School maktabi Biznes boshqaruvi (MBA) yoʻnalishi uchun bir yillik magistratura kursini grant asosida oʻqish imkonini taqdim etadi.
Tijoriy maqsaddan koʻra jamiyat manfaatini ustun qoʻygan hamda amaliy loyihalari bilan buni isbotlab kelayotgan barcha davlat fuqarolari dasturga ariza topshirishi mumkin. Kollejlardan birini bu yerda tanlash mumkin.
Eng munosib deb topilgan 4 ta nomzod grant sohibiga aylanibgina qolmay, magistratura kursini bepul oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritadi hamda yashash xarajatlarini qisman qoplovchi stipendiya bilan taʼminlanadi.
Bundan tashqari, gʻoliblar Skoll Scholar hamjamiyatining, innovatsion gʻoyalari orqali butun dunyoga ijobiy taʼsir koʻrsatib kelayotgan yetakchilar guruhining, bir aʼzosiga aylanish; mashhur tadbirkorlar va investorlar bilan oʻtkaziluvchi eksklyuziv uchrashuvlarda mehmon sifatida qatnashish huquqiga ega boʻladilar.
Dastur broshyurasi bilan bu yerda tanishish mumkin.
Umumiy dastur haqida esa bu yerda o'qish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Kamida 3 yildan beri tadbirkorlik faoliyati (yoki loyihasi) bilan shugʻullanib kelayotgan boʻlish;
- Faoliyat yuritayotgan sohasidagi mavjud tizimni oʻzgartirish darajasida taʼsir oʻtkaza olish;
- Tadbirkorlarga xos shaxsiy fazilatlarga ega boʻlish;
- Oksford universiteti taqdim etayotgan MBA kursi haqiqatdan ham nomzodning professional faoliyati rivojiga hissa qoʻsha olishi;
- Moliyaviy ehtiyoj.
Grant talablari bilan bu yerda batafsil tanishish mumkin.
Eslatma: Ushbu talablar grant sohiblarini saralash uchun qoʻyilgan boʻlib, nomzodlar, avvalo, MBA kursiga ariza topshirishlari lozim. Kurs uchun maxsus talablar bilan batafsil bu yerda tanishing.
Foydali tomonlari
- Bir yillik kurs puli toʻla qoplanadi;
- Yashash xarajatlariga yordam sifatida yillik stipendiya beriladi;
- Ayrim hollarda qoʻshimcha pul mablagʻi ham ajratilishi mumkin.
Hujjat topshirish
- Oksford MBA kursiga kirish uchun onlayn arizani toʻldirish (ariza badali: £75).
- Grant uchun insho (Ariza topshirish vaqtida "Funding" bo'limida beriladi);
- MBA kursi uchun 1 varaqlik CV (kamida 2 yillik ish faoliyatini yoritgan bo‘lsin; namuna uchun);
- Bakalavr diplomi hamda ilovasi (notarial tasdiqlangan inglizcha tarjima bilan);
- GMAT (min. 650) yoki GRE (min. 160) natijasi;
- IELTS (min. 7.5; har bir boʻlim uchun 7.0) yoki TOEFL (min. 110) yoxud shunga teng boʻlgan ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat;
- Arizada qayd etilmagan, oʻzi haqidagi maʼlumotnoma (max. 250 ta soʻz)
Eslatma: Grant uchun alohida hujjat topshirish shart emas. MBA kursiga taqdim etiladigan ariza maxsus komissiya tomonidan ko'rib chiqilib, muvaffaqiyatli deb topilsa, avtomatik tarzda grant uchun ko'rib chiqiladi.
Kerakli hujjatlarga qoʻyilgan talablar bilan bu yerda batafsil tanishish mumkin.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
- Nomzodlar intervyu va final bosqichiga oʻtgan-oʻtmaganlari haqida pochta orqali muntazam xabar qilib boriladilar. Xabarnomani olgan ishtirokchilar aloqa manzillari, qanday qilib grant haqida xabar topganliklari va shunga oid qisqa savollardan iborat “Logistics and Reference” arizasini toʻldirishlar lozim (intervyuga taklif qilinish uchun). Intervyudan muvaffaqiyatli oʻtganlar arizasi yakuniy xulosa uchun komissiyaga yuboriladi.
- Yil davomida 4 marta MBA kursi uchun ariza berish mumkin. Ammo grantga daʼvogarlardan 1-, 2-, 3-qabul muddatlarida ariza berilishari soʻraladi. Qabul, intervyu va yakuniy natijalar eʼlon qilinadigan muddatlar bilan bu yerda tanishing.
Qoʻshimcha savollar uchun:
- Tezkor savol-javob boʻlimini tekshirish;
- skollscholarship@sbs.ox.ac.uk pochta manziliga murojaat qilish tavsiya etiladi.